Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksikada 8 ta boshsiz jasad topildi
Meksikaning Gerrero shtatida 8 ta boshsiz jasad topildi. ACN axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, jasadlar noma'lum kimsalar tomonidan katta sellofan paketlarda 21 noyabrga o‘tar kechasi Tikstla shahri yaqinidagi yo‘lda tashlab ketilgan. Jasadlarda qiynoq izlari bo‘lgan.
Jasadlar oldida narkonoma deb ataluvchi xat qoldirilgan bo‘lgan, bu esa ushbu jinoyatga narkomafiyaning aloqasi borligidan darak berishi mumkin.
Gerrero shtati Meksikaning eng xavfli hududlaridan hisoblanadi. Bu yerda jinoiy guruhlar AQShga giyohvand moddalarni tranzit qilishni o‘z nazoratlariga olish uchun urush olib boradilar. Aynan shu shtatda 2014 yil sentabrida 43 talaba yo‘qolib qolgan. Keyinroq ma'lum bo‘lishicha, bu talabalar politsiyachilar tomonidan o‘g‘irlanib, Iguala shahrida jinoyatchilarga topshirilganlar va keyinroq o‘ldirilganlar.