Texnologiya | 19:23 / 22.11.2016
19009
2 daqiqa o‘qiladi

Ravon MDH davlatlari uchun ommaviy ravishda avtomobillar ishlab chiqarishni boshladi

GM Uzbekistan AJ tasdiqlangan rejalarga muvofiq "Ravon" brendi ostida sotiluvchi avtomobil model qatorini kengaytirishni davom ettirmoqda.

Asakadagi avtomobilsozlik zavodida MDH davlatlarida sotish uchun mo‘ljallangan Ravon R4 (Sobalt) avtomobillari seriyali ishlab chiqarilishi boshlandi. 

Bu mashinalardan birinchi partiyasi Rossiyaga jo‘natildi.

Kompaniya matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, yaqin rejalarda Ravon R4’ni MDHning boshqa davlatlariga jo‘natish rejasi ham bor.

Ravon R4 modeli ekstererning yangi dizayniga ega, tejamkor 1,5 litrli B-DOHC dvigateli va yangi avloddagi avtomatik uzatmalar qutisi bilan jihozlangan. Model "MP3", "USB", "AUX", "Bluetooth" funksiyalariga ega audiotizim, rul gidrokuchaytirgichi, asboblar panelida xavfsizlik yostiqchasini yoqish tugmasi, old o‘rindiqlarni isitish tizimi hamda elektr oynako‘targichlar bilan ta'minlangan. Mashinaning faol va passiv xavfsizlik tizimi haydovchi va old yo‘lovchiga mo‘ljallangan xavfsizlik yostiqchalari, kuchaytirilgan orqa o‘rindiqlar va "ISOFIX" modelidagi bolalar kursisi, antibloklanuvchi tormoz tizimi va kunduzgi yurish chiroqlaridan iborat.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid