Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp ikki muddatga prezident bo‘lib qolmoqchi

Foto: © AP
AQSh prezidenti etib saylangan Donald Tramp o‘zining bo‘lg‘usi ma'muriyatini ikki muddatga prezident bo‘lib qolish hisobidan shakllantirmoqda. Bundan uning tvitterdagi sahifasida paydo bo‘lgan xabar guvohlik bermoqda.
"Bugun Trump Tower’da keyingi 8 yil davomida hukumatni boshqaradigan insonlardan jamoamni shakllantirish bilan bog‘liq muhim uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi", deb yozgan Tramp.
Keyingi kunlarda Tramp o‘zining bosh qarorgohiga Kongress, hukumat va qurolli kuchlarning amaldagi va sobiq vakillarini munosib jamoa shakllantirish maqsadida ichki va tashqi siyosat masalalarini muhokama qilish uchun faol taklif qilmoqda.
Ayni vaqtda Tramp bir qator muhim lavozimlarga kimlarni qo‘yishni hal qilib qo‘ydi. Tramp AQSh mudofaa vazirligi razvedka boshqarmasining sobiq rahbari, iste'fodagi general-leytenant Maykl Flinni milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi sifatida, adliya vaziri sifatida Alabama shtatidan senator Jyeff Seshnsni, Oq uy xodimlar ma'muriyati rahbari sifatida Rayns Pribesni, Markaziy razvedka boshqarmasi direktori sifatida Kanzas shtatidan kongressmen Mayk Pompeoni tanladi.
Trampning bosh maslahatchisi va bosh siyosiy strategi uning saylovoldi shtabiga rahbarlik qilgan Stiv Bennon bo‘ladi.
AQShda prezident 4 yillik muddatga saylanadi va bu lavozimni ketma-ket yoki tanaffus bilan ikki martadan ko‘proq marta egallay olmaydi.
Trampning inauguratsiyasi 2017 yil 20 yanvarda bo‘lib o‘tadi.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yevropada kuchli o‘rmon yong‘inlari davom etmoqda – fotosuratlar
Jahon | 16:08
-
Kunda ustida siyosat, «yadroviy qiyomat-qoyim» xavfi – hafta dayjesti
Jahon | 15:59
-
Rossiya va Ozarboyjon o‘rtasida axborot urushi davom etmoqda
Jahon | 15:37
-
“Operatsiyalarni tibbiy ma’lumotsiz “mutaxassislar” qilyapti” – O‘zbekistonda kosmetologiya nega nazoratsiz?
O‘zbekiston | 13:20
Mavzuga oid

08:21 / 19.08.2020
Jo Bayden AQSh prezidenti saylovlariga rasman nomzod etib tasdiqlandi

10:29 / 12.08.2020
Tramp dunyodagi bosh muammoni ma'lum qildi

07:30 / 11.08.2020
Tramp Oq uy oldidagi otishma sababli matbuot anjumandan olib chiqib ketildi

22:47 / 10.08.2020