Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya bosh vaziri voyaga yetmaganlar bilan bog‘liq qonun loyihasini rad etdi
Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim voyaga yetmagan qiz bilan jinsiy aloqada bo‘lgan erkakka nisbatan, agar jabrlanuvchiga uylansa, jinoiy ish qo‘zg‘atmaslik bo‘yicha qonun loyihasini rad etdi. Bu haqda BBC qilmoqda.
Bosh vazir o‘z qarorini hujjat bo‘yicha parlamentda ovoz berish boshlanishidan avval qabul qilgan.
Ta'kidlanishicha, qonun loyihasi mamlakatning o‘zida noroziliklar to‘lqiniga hamda xalqaro maydonda keng muhokamalarga sabab bo‘lgan edi. Hujjat tanqidchilarining fikricha, bu qonun zo‘rlash holatlari ko‘payishiga va voyaga yetmaganlar nikohi ko‘payishiga olib kelishi mumkin edi.
Bundan avval, Turkiya parlamenti deputatlari shu mazmundagi qonun loyihasi bo‘yicha ovoz berishi haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi.
Mavzuga oid
19:01 / 11.07.2026
Uy qurilishiga ulush kiritgan shaxslarning mablag‘larini himoya qilish bo‘yicha qonun loyihasi tayyorlandi
11:46 / 10.07.2026
Turkiya omili: NATOda zarur, YeIda ortiqchami?
18:32 / 09.07.2026
«Kuchliroq NATOda kuchliroq Yevropa» – Anqaradagi sammit qanday o‘tdi?
18:10 / 09.07.2026