Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
24 noyabr Toshkentda kunduzi 2-4 daraja sovuq bo‘lishi kutilmoqda
Foto: Kun.uz
Toshkent shahri. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 24 noyabr kuni poytaxtda havo o‘zgarib turadi, biroz qor yog‘ish ehtimoli bor. Kechasi 7-9, kunduzi 2-4 daraja sovuq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba'zi joylarda tuman tushishi mumkin. Kechasi 12-17, kunduzi 5-10 daraja sovuq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ayrim tumanlarda biroz qor yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Kechasi 7-12, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.
Toshkent, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ayrim tumanlarda biroz qor yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Kechasi 7-12, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.
Qashqadaryo, Samarqand va Surxondaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda qor yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Kechasi 5-10, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. havo o‘zgarib turadi, ayrim tumanlarda biroz qor yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Kechasi 2-7, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.
Respublikamizning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Kechasi 13-18, kunduzi 3-8 daraja sovuq bo‘ladi.
Mavzuga oid
14:43 / 04.05.2026
🔴 LIVE: Vohada +40 daraja issiqlik
21:32 / 03.05.2026
Toshkent shahar hokimligi ogohlantirish bilan chiqdi
22:02 / 02.05.2026
O‘zbekiston va Qirg‘iziston “Qambarota GES-1” qurilishi bo‘yicha muzokara o‘tkazdi
17:29 / 02.05.2026