Sport | 07:37 / 23.11.2016
4646
2 daqiqa o‘qiladi

YeChL. Ye guruhi. «Tottenhem» musobaqani tark etadi

Yevropa chempionlar ligasining barcha jamoada yo‘llanma uchun imkoniyat bo‘lgan guruhida, 5-turidan o‘rin olgan uchrashuvlarga kelib hamma masalaga oydinlik kiritildi.

«Monako» o‘z uyida Londonning «Tottenhem» jamoasini qabul qilib, xuddi «Uembli»da bo‘lgani kabi natija bilan raqibni mag‘lubiyatga uchratdi. Sidibe va Toma Lemar tomonidan kiritilgan golga Harri Keyn penaltini aniq amalga oshirib javob berdi. Biroq bu Pochettino shogirdlariga kurashni davom ettirish  uchun yetarli bo‘lmadi. 

Natijada «Monako» guruhda birinchi o‘rinni olib keyingi bosqichga chiqishi aniq bo‘lib ulgurdi. «Bayyer»ning 5ta uchrashuvda qayd etgan 4ta durangi ham jamoaga muddatidan oldin pley-off eshiklarini ochishga yetarli bo‘ldi. «Tottenhem» hisobida 4 ochko mavjud. Biroq o‘zaro o‘yinlar natijasiga ko‘ra, endi ular «Bayyerni quvib yeta olishmaydi. Jamoa «Uembli»dagi uchrashuvda TsSKA bilan Yevropa ligasi yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi.

YeChL. 5-tur
Ye guruhi

Monako (Monako) – Tottenhem (Angliya) 2:1 (0:0)
Gollar: 
1:0 – 48 Sidibe, 1:1 – 52, penalti Keyn, 2:1 – 53 Lemar.
Monako: Subashich, Sidibe, Glik, Jyemerson, Mendi, Bernardu Silva, Fabino, Bakayoko, Lemar (Moutinyu, 81), Jyermen (Karrilo, 77), Falkao (Radji, 89).
Tottenhem: Loris, Tripper, Dayyer, Vimmer, Rouz, Vanyama, Dembele (Eriksen, 65), Alli, Uinks (Sissoko, 75), Son Xyong Min (Yanssen, 65), Keyn.

 

Manba: tribuna.uz

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid