Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeChL. H guruhi. «Yuventus» o‘tgan yilgi xatosini takrorlamadi
Deyarli pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritib bo‘lgandek ko‘ringan «Sevilya» bu turda o‘z uyida «Yuventus»ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi va o‘zi uchun kutilmaganda muammo orttirib oldi.
Albatta bu safar ham Xorxe Sampaoli shogirdlari oldingi uchrashuvlarda bo‘lgani kabi uchrashuvni ustunlik bilan boshladi va Parexoning goli evaziga hisobda oldinga chiqib ham olgandi. Biroq shundan keyin uchrashuv bosh hakami Mark Klattenburg katta sahnaga chiqdi. Avvaliga ingliz hakami «Sevilya» futbolchisini Vaskesni birinchi bo‘limdayoq ikkinchi sariq kartochka bilan maydondan chetlatgan bo‘lsa, keyinroq mezbonlar darvozasiga shubhali penalti belgiladi. Natijada 5 turdan buyon birorta ham gol o‘tkazmagan «Sevilya» ilk marta o‘z darvozasidan to‘p olib chiqdi. Ikkinchi bo‘limda bir kishi kam bo‘lib holdan toygan Sampaoli jamoasini Aleggri shogirdlari yana ikki marta jazolashdi. Oqibatda o‘tgan yili aynan «Sevilya»da mag‘lubiyatga uchrab guruhda ikkinchi o‘rinda qolib ketgan «Yuventus» bu safar xatoni takrorlamadi va 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi. So‘nggi turda Zagreb «Dinamo»sini qabul qiladigan jamoa oldingi xatolarni takrorlamasa kerak.
«Lion» esa «Sevilya» mag‘lubiyatidan umid qilgan holda Zagrebda kurash olib bordi. Lyakazett tomonidan kiritilgan yagona gol fransuz jamoasiga kutilgan uch ochkoni taqdim etdi. 90-95 foiz pley-off yo‘llanmasidan umidini uzgan jamoa kutilmaganda so‘nggi tur oldidan barchasini o‘z qo‘liga qaytardi. Endi jamoa Lionda kechadigan «Sevilya»ga qarshi uchrashuvda g‘alaba qozongan taqdirda pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritishi mumkin bo‘ladi.
YeChL. 5-tur
N guruhi
Sevilya (Ispaniya) – Yuventus (Italiya) 1:3 (1:1)
Gollar: 1:0 – 9 Parexa, 1:1 – 45, penalti Markizio, 1:2 – 84 Bonuchchi, 1:3 – 90 Manjukich.
Sevilya: Riko, Rami, Parexa, Eskudero, Merkado, Vitolo, Iborra, Vaskes, Nzonzi, Mariano (Kranevitter, 77), Vetto (Sarabiya, 46).
Yuventus: Buffon, Rugani, Bonuchchi, Evra (Sturaro, 73), Aleks Sandro, Pyanich (Kin, 84), Markizio, Kuadrado (Kellini, 87), Xedira, Dani Alves, Manjukich.
Chetlatish: Vaskes (36, Sevilya).
Dinamo Zagreb Xorvatiya – Lion Fransiya 0:1 (0:0)
Gol: 0:1 – 72 Lyakazett.
Dinamo Zagreb: Livakovich, Metsel (Enrikes, 15), Sigali, Benkovich, Pivarich, Shitum, Pavichich (Mashadu, 73), Knejyevich, Goyak, Chorich (Jonas, 52), Fernandes.
Lion: Antoni Lopesh, Rafael, Yanga-Mbiva, Nkulu, Morel, Ferri, Gonalon, Darder (Tolisso, 66), Korne (Fekir, 66), Lyakazett, Valbuena (Ribus, 88).
Manba: tribuna.uz