Jahon | 09:41 / 23.11.2016
3869
1 daqiqa o‘qiladi

Fukusimada 80 dan ortiq zilzila qayd qilindi

Foto: © REUTERS/ TORU HANAI

Yaponiyaning Fukusima prefekturasida bo‘lib o‘tgan 7,4 magnitudali zilziladan so‘ng, 22 noyabr kuni 82 ta aftershok qayd etildi. Bu haqda NHK telekompaniyasi xabar bermoqda.

Ulardan eng kuchlisi 5,7 magnitudali zilzila bo‘ldi. U asosiysidan 18 soat o‘tib, qayd etildi. Meteorologiya xizmati mazkur aftershokli silkinishlar huddi shu tumanda hafta davomida bo‘lib turishidan ogohlantirishgan.

Eslatib o‘tamiz: 22 noyabr tongida Yaponiyaning sharqiy qismida 7,3 magnitudali kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda NHK telekanali xabar bermoqda.

Yaponiya meteo xizmati ma'lumotiga ko‘ra, zilzila epimarkazi okeanning Fukusima prefekturasi sohiliga yaqin yerida joylashgan. Ma'lumot uchun: 2001 yil aynan shu prefekturadagi zilzila sabab atom elektrostansiyalarida avariya chiqqan edi. 

Bundan tashqari, zilzila oqibatida 1,4 metrli sunami ko‘tarilgan.


 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid