Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoydagi yashirin fabrikalar tarmog‘ida bolalar ayovsiz ishlatilgan
Xitoyda kiyim-kechak fabrikalaridan birining brigadiri bolalarni ishga yollab, ularni 19 soatlab ishlashga majbur qilgani aybi bilan hibsga olindi.
Ma'lum qilinishicha, fabrikaga 13 yoshli bolalar yollangan, ular iflos va qorong‘u xonalarda ishlashgan.
Xitoyning Pear Video saytida Chanshu shahridagi kiyim-kechak tikish ustaxonalari tarmog‘i haqida 6 daqiqalik video-hisobot chop etildi. Videoni niqob ostida ishlagan jurnalist suratga olgan.
Tergovga ko‘ra, ustaxonalarda asosan Xitoyning janubidagi qishloqlardan chiqqan bolalar ishlagan. Bu hududlarda nochorlik darajasi juda yuqoridir.
Fabrikada ish kuni soat 7.30da boshlanadi. Bolalar bir necha yuz mahsulotdan iborat rejani bajarmagunlaricha ishlashda davom etganlar. Ba'zida ularning ish kuni tungi soat 3 da yakunlangan. Ular oyiga kamida 28 kun ishlashgan.
Fabrikalardan birining egasi ishchilarini unga 1000-3000 yuanga (145-435 dollar) sotishganiga iqror bo‘lgan. Yana bir fabrikachi bolalar hech qanday hujjatlarsiz ishlashini aytgan.
Jurnalistik tergovga ko‘ra, bolalar fabrikadan qochib keta olmasliklari uchun ulardan hujjatlari va mobil telefonlari tortib olingan.
Ushbu video chop etilgandan keyin shahar ma'muriyati kiyim-kechak tikuvchi ustaxonalar faoliyatini tergov qilishni boshlagan va videoda qayd qilingan fabrikani topa olgan.
Mavzuga oid
00:34 / 12.07.2026
Xitoy Starlink sun’iy yo‘ldoshlarini ishdan chiqaruvchi qurolini namoyish etdi
20:21 / 10.07.2026
«Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishi faol bosqichga o‘tdi
17:52 / 10.07.2026
Shavkat Mirziyoyev Xitoydagi fojiali hodisalar yuzasidan Si Jinpingga hamdardlik yo‘lladi
17:31 / 10.07.2026