Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Trampning g‘alabasi dunyoning eng boy odamlaridan biriga yana 11 mlrd dollar boylik keltirdi
Foto: Cordon Press
Berkshire Hathaway xolding kompaniyasi egasi, dunyoning eng boy odamlaridan biri Uorren Baffettning boyligi AQSh prezidentligi saylovlarida Donald Tramp g‘olib bo‘lgandan keyin 11 mlrd dollarga ko‘paydi, deb xabar bermoqda CNBC.
Bu birinchi navbatda moliyaviy aktivlar aksiyalari narxining oshishi hisobiga yuz bergan. AQSh banklari aksiyalari narxi oshmoqda, chunki bozor Federal zaxira tizimining tayanch foiz stavkasini oshirishga va'dasi bilan umidlantirilgan. KBW
Nasdaq bank indeksiga ko‘ra, Tramp g‘alabasidan keyin AQSh banklari aksiyalari 13,5 foizga oshgan.
9 noyabrdan Berkshire Hathaway portfeliga kiruvchi moliyaviy kompaniyalar aktivlari Baffetga 4,3 mlrd dollar keltirgan. Milliarderning o‘z ixtiyorida bo‘lgan aksiyalar unga yana 3,8 mlrd dollar keltirgan.
Bundan tashqari, Baffet tomonidan 2011 yilda sotib olingan varrantlar unga Bank of America bankining 700 mln ta aksiyasini 7,14 dollardan sotib olish huquqini beradi. Bu bank aksiyalari 15 foizga oshgan, buning natijasida esa Baffet yana 3 mlrd dollar foyda ko‘rgan.
Tramp g‘alabasidan keyin eng badavlat odamlar ro‘yxatida 4-pog‘onaga tushib ketgan Baffet Zara asoschisi Amansio Ortega va Amazon.com asoschisi Jyeff Bezosdan o‘tib ketib, yana 2-o‘ringa ko‘tarilib olgan. Baffetning o‘zi prezidentlik poygasi davomida Xillari Klinton nomzodini qo‘llab-quvvatlagandi.
Mavzuga oid
07:26 / 24.06.2021
«O‘yin qo‘shimcha vaqtga o‘tdi» – 90 yoshli Uorren Baffett yana 4,1 milliard dollar xayriya qilganini e'lon qildi
00:22 / 01.09.2020
Bill Geyts Uorren Baffettni 90 yoshi bilan antiqa uslubda tabrikladi
10:29 / 12.08.2020
Tramp dunyodagi bosh muammoni ma'lum qildi
07:30 / 11.08.2020