11:00 / 24.11.2016
8626

Mourino Messining «MYu»ga o‘tish imkoniyatlari haqida gapirdi

Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi bosh murabbiyi Joze Mourino «Barselona» hujumchisi Lionel Messining jamoasiga o‘tish imkoniyatlari haqida ma'lum qildi.

«To‘la ishonch bilan aytishim mumkinki, Messi hech qachon «MYu»ga o‘tmaydi.

Har mavsum bir voqea takrorlanadi: u «Barselona»dan ketishni rejalashtiradi, ammo yakunda hech qayerga ketmaydi. Umid qilamanki u hech qachon «Barselona»dan ketmaydi. Chunki u «Barselona»ga tegishli, «Barselona» esa unga», - deya portugaliya mutaxassisning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Mirror nashri.

Eslatib o‘tamiz oldinroq, jamoalardan biri Messiga 100 million yevro berib, uni «Barselona» bilan shartnomasini uzaytirmaslikka ko‘ndirishni rejalashtirgani haqida xabarlar tarqalgandi. Unga ko‘ra, bu jamoa «Manchester Yunayted» va uning homiysi Adidas kompaniyasi bo‘lishi mumkin.

Messining «Barselona» bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2018 yilning yoziga qadar davom etadi.

Top