17:58 / 24.11.2016
14493

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruvi Raisining virtual qabulxonasi samarali faoliyat yuritmoqda

Foto: Uzpsb.uz

Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 27 oktabrdagi “Vazirlik va idoralar, xo‘jalik birlashmalari rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shahar va tumanlari hokimlarining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablarini so‘zsiz bajarish yuzasidan javobgarligi to‘g‘risida”gi 366-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, 28 oktabr kunidan boshlab Bankning rasmiy www.uzpsb.uz veb-saytida hamda raisga.murojaat@uzpsb.uz elektron manzilda o‘zbek va rus tillarida Bank Boshqaruvi Raisining virtual qabulxonasi tashkil etildi.

Skrinshot: Uzpsb.uz

Endilikda jismoniy va yuridik shaxslar bank faoliyatiga doir hal etilmagan muammo, ariza, shikoyat va takliflar bilan qulay va zamonaviy usulda Boshqaruv Raisining virtual qabulxonasiga elektron tarzda murojaat yuborishlari mumkin.

Bundan tashqari, Bankning 120-45-01 raqamli “Ishonch telefoni” orqali og‘zaki murojaatlar qabul qilinib, mijozlarning umumiy savollari bo‘yicha tunu kun ishlaydigan 200-43-43 raqamli Call markaz ham faoliyat yuritmoqda.

Bank Boshqaruvi Raisining virtual qabulxonasiga yuborilayotgan barcha murojaatlar kelib tushgan zahoti ijro uchun qabul qilinib, amaldagi qonun hujjatlari talablari asosida ko‘rib chiqilishi va murojaat muallifiga javob xati yuborilishi shaxsan Boshqaruv Raisining nazoratiga olingan.

Hurmatli mijozlar! Sizning murojaatingiz qisqa muddatda va sifatli ko‘rib chiqilishi kafolatlanadi.

Azizxon Nodirov,
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB
Kotibiyati mudiri o‘rinbosari v.v.b

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top