Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dron qamoqxonaga telefon va arra tig‘ini yetkazib berdi
Foto: Reuters
Daniyaning Nyuberg shahrida uchuvchisiz uchar qurilma qamoqxona mahbusiga qochish uchun kerakli bo‘lgan buyumlarni yetkazib berdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar qilmoqda.
Seshanba kuni kechqurun soqchilar kameralardan birining oynasiga uchib borayotgan dronni ko‘rib qolishdi. U qamoqxonaning to‘rtinchi qavatiga qarab yo‘l olgan. Uskuna yukni bemalol yetkazib berib, qorong‘ilik qa'riga singib ketdi.
Kontrabanda zudlik bilan tortib olindi. Uning ichida ikkita mobil telefoni, arra tig‘i va mahkumning qamoqdan qochishiga yordam beruvchi boshqa narsalar topildi.
Aftidan, uskunani mahbuslardan birining tanishi boshqargan. Huquq-tartibot idorasi xodimlari uni qo‘ldan chiqarib yuborishdi.
Mavzuga oid
08:39 / 04.05.2026
Dunyoda birinchi davlat to‘liq avtonom dronlar galasini sinovdan o‘tkazdi
20:41 / 20.04.2026
Ukrainadagi urush robotlar va dronlar qarama-qarshiligiga aylanib bormoqda – OAV
09:01 / 14.04.2026
Rossiyadagi eng yirik fosforli o‘g‘it zavodi yana dronlar hujumiga uchradi
22:45 / 06.04.2026