Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy hukumati Shinjon aholisiga pasportlarini topshirishni majburiy qilib qo‘ydi
Xitoy hukumati Shinjon Uyg‘ur muxtor tumani aholisini o‘z pasportlarini mahalliy politsiya uchastkalariga doimiy saqlash uchun berishlarini majburiy qilib qo‘ydi, deb xabar bermoqda Xitoyning The Global Times nashri o‘z manbalariga tayangan holda.
Bu chora “jamoat xavfsizligini” ushlab turish maqsadida amalga oshirilayotgani bilan izohlandi. Amaldorlarning va'da berishicha, bunday amaliyot oddiy insonlar hayotiga ta'sir ko‘rsatmaydi, biroq jinoiy ish qo‘zg‘atilgan va avval gumon ostida bo‘lganlarning xorijga chiqishining oldini oladi.
The Global Times’ning ko‘rsatishicha, bir necha yil avval bir qator davlat xizmatchilariga pasportlarini hukumatga saqlash uchun berish majburiy qilib qo‘yilgan, biroq 2015 yilda Shinjon hukumati bu boradagi siyosatni biroz yumshatdi. O‘zgarishlarda turistik maqsadda pasport olgan fuqarolar ularni o‘zlarida saqlab, politsiyaga faqatgina xorijga oilaviy sharoiti yoki biznes-maqsadda borishni rejalashtirgan kishilar hujjatini topshirishi ham nazarda tutilgan.
Eslatib o‘tamiz, Shinjon Uyg‘ur avtonom tumanida asosan musulmon uyg‘urlar istiqomat qiladi. Ularning ko‘pchiligi Xitoy tomonidan notinch deb qabul qilinuvchi Turkiya bilan qarindosh-urug‘chilik va madaniy aloqalarga ega. So‘nggi yillarda esa ushbu hudud va XXRning boshqa tumanlarida teraktlar soni ko‘paygan.
Nashrning ta'kidlashicha, oxirgi paytlarda Xitoy hukumati xitoylik musulmonlarning har kunlik hayoti va tashqi qiyofasiga ham qat'iy talablar qo‘ymoqda.
Mavzuga oid
00:34
Xitoy Starlink sun’iy yo‘ldoshlarini ishdan chiqaruvchi qurolini namoyish etdi
20:21 / 10.07.2026
«Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishi faol bosqichga o‘tdi
17:52 / 10.07.2026
Shavkat Mirziyoyev Xitoydagi fojiali hodisalar yuzasidan Si Jinpingga hamdardlik yo‘lladi
17:31 / 10.07.2026