Mirzabek Holmedovning o‘limi haqidagi xabar yolg‘on ekanligi tasdiqlandi

Foto: Instagram/mirzabek_xolmedov
Bugun ijtimoiy tarmoqlar, shu jumladan telegram kanallari orqali taniqli so‘z ustasi Mirzabek Holmedovning o‘limi haqidagi xabarlar tarqaldi.
"Mirzabek Holmedov kutilmaganda yuz bergan yurak xuruji oqibatida bugun soat 16:50da kasalxonada hayotdan ko‘z yumdi", deb yozilgan xabar matnida.
Kun.uz nashri Mirzabek Holmedovning oila a'zolari bilan bog‘lanib, bu xabarning yolg‘on ekanligini aniqladi. Ma'lum bo‘lishicha, san'atkor hozirda ko‘hna Samarqand shahrida gastrol safarida ekan.
Mirzabek Holmedovning o‘g‘li Ulug‘bek o‘zining Instagram tarmog‘idagi sahifasi orqali ham bu xabarga munosabat bildirib, uning yolg‘on ekanligini tasdiqladi.
Bundan avval ijtimoiy tarmoqlarda "Dev va pakana" filmi orqali tomoshabinlarga tanilgan aktyor Nodir Saidaliyevning bevaqt o‘limi haqida xabar berilgandi. Shu munosabat bilan aktyor bilan bir filmda ishlagan taniqli so‘z ustasi Obid Asomov o‘zining Instagram'ida aktyorning oila a'zolariga hamdardlik bildirgan, ushbu post ostida Mirzabek Holmedov ham Nodir Saidaliyevning oilasi hamda do‘stlariga sabr tilab, izoh qoldirgan.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xolokostdan omon qolgan 97 yoshli keksa ayol universitet talabasiga aylandi
Jahon | 01:16
-
Istanbuldagi muzokaralar 16 mayga ko‘chirildi. Zelenskiy Ukraina delegatsiyasi tarkibini tasdiqladi
Jahon | 00:53
-
9 mln dollarni talon-toroj qilishda ayblangan O‘zbekiston fuqarosi Rossiyada qo‘lga olindi
O‘zbekiston | 23:58 / 15.05.2025
-
Rossiya Quruqlikdagi qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimdan olindi
Jahon | 23:46 / 15.05.2025
Mavzuga oid

14:25 / 28.05.2022
Senat O‘zbekistonda milliy messenjer va ijtimoiy tarmoq yaratilmaganini tanqid qildi

17:15 / 17.03.2022
Shermatov TikTok bilan muzokara o‘tkazishi fonida bir nechta tarmoq vaqtincha VPN'siz ishladi

08:33 / 13.02.2022
«Josus» ijtimoiy tarmoqlar va eng kuchli smartfonlar reytingi – hafta texnologik dayjesti

19:34 / 09.02.2022