Keça, 16 mart kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vaziri Şerzod Şermatov TikTok kompaniyasi vitse-prezidenti Teo Bertram bilan onlayn uçraşuv ötkazdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.
Uçraşuvda “Özkomnazorat” va Davlat personallaştiriş markazi mas’ullari ham qatnaşgan. Vazirlik axborotida TikTok vakillari Özbekistonda yirik loyihalarni amalga oşirişga tayyorligini bildirgani aytiladi.
“Uçraşuv davomida Özbekistonda platformadan foydalanuvçilarning xavfsizligini ta’minlaş hamda Özbekiston qonunçiligi talablarini bajariş masalalari ham muhokama qilindi.
Kompaniya vakillari platforma orqali tarqaladigan har xil Özbekiston qonunlariga zid materiallar tarqalişining oldini oliş böyiça hamkorlikda işlaşga tayyor ekanligini bildirişdi”, – deyiladi xabarda.

Qöşimça qilinişiça, vazirlik TikTok kompaniyasiga Özbekistonda öz vakolatxonasini oçiş böyiça taklif bergan.
Mazkur uçraşuv fonida, 16 mart kuni bir neça soat davomida Özbekistonda Twitter va TikTok VPN'siz işlay boşladi. 2021 yil yozda bloklangan platformalarning asosiy sahifasi garçi muammolar bilan bölsa-da tösiqsiz oçildi. Lekin keçaning özida bu platformalarga kiriş yana çeklandi.
Eslatib ötamiz, dekabr oyida Mass-media fondi raisi Komil Allamjonov ham TikTok rasmiylari bilan muzokara ötkazganidan keyin ham TikTok ma’lum vaqt VPN'siz işlab ketgandi.
2021 yil oktyabrda e’lon qilingan qonun loyihasida, internet platformalar faoliyatini bloklaş bilan birga, ularning tezligini kamaytirişga oid norma ham qöşilgan. Loyiha parlamentga kiritilgan-kiritilmagani haqida hozirça ma’lumot yöq.













