Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston dori-darmon xarid qilish borasida Rossiyaga murojaat qildi
Foto:Getty images
O‘zbekiston Rossiyadan dori-darmon yetkazishda ko‘mak so‘radi. O‘zbekiston asosiy dori-darmonlarga ehtiyoj sezmoqda, biroq valyuta kursidagi muammolar sababli Rossiya farmatsevtik kompaniyalari O‘zbekiston bozorini egallashga hozircha tayyormaslar, deb aytmoqdalar mutaxassislar. Bu haqda "RBK" nashri xabar bermoqda.
O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining 2016 yil 10 noyabrdagi maktubida Rossiyadan dori-darmon va tibbiy buyumlar xarid qilishda yordam ko‘rsatish so‘ralgan. Bu haqda ushbu maktubning nusxasiga ega bo‘lgan "RBK" nashri xabar bermoqda. Ushbu maktubga 167 ta dori va 22 ta tibbiy buyum nomidan iborat ro‘yxat ilova qilingan.
Maktubda vazirlik Rossiyaning mutasaddi idoralaridan ushbu ro‘yxatni Rossiya farmatsevtik kompaniyalariga topshirishni so‘ragan. Toshkentning fikricha, Rossiya kompaniyalari bu so‘rovga javob qaytarib, dori-darmonlar bo‘yicha o‘z takliflarini taqdim qilishlari kerak.
O‘zbekiston valyuta konvertatsiyasidagi muammolar sababli zaruriy tibbiy mahsulotlar xarid qilishda murakkabliklarga duch kelgani tufayli shunday maktub bilan murojaat qilgan, deb tushuntirmoqda Rossiya farmatsevtika ishlab chiqaruvchilari uyushmasi bosh direktori Viktor Dmitriyev "RBK" nashriga.
Mavzuga oid
22:20 / 09.05.2026
O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasida navbat yuzaga keldi
07:55 / 09.05.2026
Ukraina Moskvadagi parad paytida Qizil maydonga zarba bermaydi
07:43 / 09.05.2026
Tramp Rossiya va Ukraina o‘rtasida uch kunlik sulhni e’lon qildi
07:18 / 09.05.2026