Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreyada prezidentga qarshi antiqa aksiya o‘tkazilmoqchi
Janubiy koreyalik rassom Lim Ok San 26 noyabrda mamlakat prezidentiga qarshi antiqa norozilik namoyishi tashkillashtirmoqchi. Bu aksiya davomida Seulning markaziy ko‘chasi bo‘ylab yoyilgan yarim kilometrlik qog‘oz rulonida barcha istaganlar mamlakatda avj olgan korrupsiya mojarosi bilan bog‘liq holda mamlakat prezidenti Pak Kin Xega o‘z munosabatlarini bildira olishlari mumkin bo‘ladi.
YTN telekanalining ma'lum qilishicha, rassom 500 metrlik qog‘oz polotnoni "Xalq ovozi" deb atagan. Rassomning g‘oyasiga ko‘ra, aksiya vaqtida Seulda o‘tkazilishi kutilayotgan ommaviy noroziliklar ishtirokchilari yozuvlar-shiorlar bitilgan ushbu ulkan polotnoni Kvanxvamun markaziy darvozalaridan prezidentning "Chxonvade" qarorgohigacha olib o‘tishlari kutilmoqda. Politsiya namoyishchilarga prezident qarorgohigacha 200 metrdan yaqinroqqa borishga ruxsat bermasligi sababli polotno uzoqdan ko‘rinarli bo‘lishi sababli bunday katta o‘lchamda tayyorlanmoqda.
Janubiy Koreya OAV ma'lum qilishicha, 26 noyabrda prezident impichmenti talab qilinadigan namoyishda 2 mln ga yaqin odam ishtirok etishi kutilmoqda. "Ryonxap" axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, namoyish o‘tkaziladigan joyga 25 ming politsiyachi jalb qilinadi.
Mavzuga oid
20:32 / 03.06.2026
Albaniyada namoyishlar: Trampning kuyoviga aloqador kompaniya muhofaza hududida kurort qurmoqchi
13:32 / 14.05.2026
Koreyaga ishga yuborishdagi yirik sxema: Kun.uz bu haqda uch yil oldin bong urgan edi
19:26 / 06.05.2026
Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimiga nisbatan hukmni og‘irlashtirgan sudya o‘lik holda topildi
16:10 / 27.04.2026