Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimiga nisbatan hukmni og‘irlashtirgan sudya o‘lik holda topildi
Politsiya o‘lim zo‘ravonlik oqibatida sodir bo‘lganiga ishonmayapti va versiyalardan biri sifatida balandlikdan yiqilishni ko‘rib chiqmoqda.
Foto: REUTERS
Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti rafiqasi Kim Gon Xi korrupsiya ishi bo‘yicha apellyatsiyaga raislik qilgan sudya Seulda o‘lik holda topildi, deb xabar berdi Yonhap.
Sudya Shin Chon O jasadi Seul Oliy sudi yaqinidagi gulzorda tunda topilgan. Uning cho‘ntagida qo‘lda yozilgan o‘limoldi xati bor edi. Xabarda kechirim so‘ralgan, biroq sobiq birinchi xonim ismi tilga olinmagani aytilgan.
Politsiya o‘lim zo‘ravonlik oqibatida sodir bo‘lganiga ishonmayapti va versiyalardan biri sifatida balandlikdan yiqilishni ko‘rib chiqmoqda.
Shin Chon O sobiq birinchi xonim aksiya narxlarini manipulyatsiya qilish va qimmatbaho sovg‘alar olishda ayblangan ishi bo‘yicha apellyatsiyaga raislik qilgan. 2026 yil yanvar oyida birinchi instansiya sudi ayolni 1 yil-u 8 oyga ozodlikdan mahrum qildi, aprel oyida apellyatsiya sudi jazo muddatini 4 yilga uzaytirdi.
Oliy sud vakilining aytishicha, sudya Shin birinchi xonim apellyatsiyasi bo‘yicha hukm e’lon qilinishi arafasida sud majlislari translatsiyasi tufayli «stress holatida bo‘lgan».
Kim Gon Xi 2025 yil avgust oyida hibsga olingan edi. U, xususan, 2200 dollarlik Dior sumkasini sovg‘a sifatida qabul qilganlikda ayblandi. Prezident ma’muriyati Kim Gon Xi sumkani sovg‘a sifatida olganini tasdiqladi, biroq buyum «hukumat mulki sifatida foydalanilishi va saqlanishini» qo‘shimcha qildi. Bundan tashqari, Kim Gon Xi Janubiy Koreyadagi BMW dileri sobiq rahbari bilan kompaniya aksiyalari narxini manipulyatsiya qilish va noqonuniy foyda olish maqsadida til biriktirganlikda ayblangan.
Uning eri, Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Yun Sok Yol ham 2024 yil 3 dekabrda mamlakatda harbiy holat e’lon qilganidan keyin hibsga olindi va 2026 yil fevral oyida umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan edi.
Mavzuga oid
16:10 / 27.04.2026
Janubiy Koreya O‘zbekistonda AT ta’limi uchun 14 mln dollar grant ajratadi
22:00 / 17.04.2026
Janubiy Koreyada hayvonot bog‘idan qochgan bo‘ri 9 kundan keyin topildi
11:20 / 15.04.2026
Janubiy Koreyada barcha uchun bepul bazaviy mobil internet joriy qilinadi
18:59 / 13.04.2026