Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliya Turkiyaga eng xavfli terrorchining ekstraditsiyasi bo‘yicha so‘rov yubordi
Avstraliya IShID terrorchilik guruhining eng xavfli jangarilaridan biri Nil Prakashni Turkiyadan olib kelishga erishmoqchi. U Avstraliya fuqarosi hisoblanadi. Bu haqda mamlakat adliya vaziri va bosh prokuror o‘rinbosari Maykl Kinan ma'lum qilgan.
U rasmiy so‘rov yuborilganini aytgan Kinanning izoh berishicha, terrorchining zudlik bilan topshirilishini kutish noo‘rindir. "Biz bilamizki, bu inson Turkiya hukumati tomonidan ushlangan, shu bois, ushbu mamlakatdagi barcha huquqiy jarayonlar yakunlanishini kutishimiz kerak", - deyiladi adliya vaziri bayonotida.
Melburn shahrining 25 yoshli fuqarosi Nil Prakash 2013 yilda Suriyaga kelgan va Avstraliyaning qidirilayotgan jinoyatchilari ro‘yxatida birinchi o‘rinda turgan. May oyi boshlarida mamlakat mudofaa vaziri Maris Peyn Mo‘sul yaqiniga uyushtirilgan havo hujumida Nilning o‘ldirilganini e'lon qilgandi.
Biroq, yaqinda The New York Times nashri Prakashning havo zarbasida og‘ir jarohatlangani, jangari Yaqin sharq mamlakatlaridan birida qo‘lga olingani haqida yozdi. Keyinroq, Avstraliya OAV Prakash Turkiyaga o‘tish chog‘ida qo‘lga tushganini aniqladi.
Mavzuga oid
11:46 / 10.07.2026
Turkiya omili: NATOda zarur, YeIda ortiqchami?
18:32 / 09.07.2026
«Kuchliroq NATOda kuchliroq Yevropa» – Anqaradagi sammit qanday o‘tdi?
18:10 / 09.07.2026
Erdo‘g‘an NATO yetakchilariga shaxsiy to‘pponcha sovg‘a qildi
20:08 / 07.07.2026