Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kanada televideniyesida hijobli ayol boshlovchilik qildi
Ginella Massa yangiliklar dasturini ro‘mol o‘ragan holda olib borgan ilk muslima boshlovchi sifatida Kanada televideniyesi tarixida qoladigan bo‘ldi. Bu haqda Associated Press agentligi xabar qilmoqda.
29 yoshli jurnalist ayol Torontoning CityNews yangiliklar dasturida hijobda paydo bo‘lgan. U teleefirdan so‘ng Twitter sahifasida: «Bugun men uchun muhim kun bo‘ldi. Hijobli ayol Kanadada qachonlardir yangiliklar dasturini olib borgan, deb o‘ylamayman», deb yozgan.
Uning qayd etishicha, ko‘plab ijobiy fikrlar olgan bo‘lsa-da, uning chiqishi borasida salbiy qarashlar ham bildirilgan.
Massaning so‘zlariga ko‘ra, uning amerikalik muslima hamkasblari bu borada sezilarli muammolarga duch kelishmoqda va «kadr ortida» ishlashga majbur bo‘lishmoqda.
«Ularga, mumkin emas deyishadi. Kimlarningdir qarashi tufayli, ularning rivojlanishiga yo‘l qo‘ymayotganlaridan afsusdaman», — degan teleboshlovchi.
Mavzuga oid
11:05 / 07.07.2026
Kanada Germaniyadan 12 ta zamonaviy suvosti kemasini sotib oladi
11:19 / 29.06.2026
JCh kundaligi. 1/8 finalning ilk ishtirokchisi ma’lum, Koreya lagerida mojaro, Kabo-Verde sardorida muammo
07:43 / 13.06.2026
Kanada JCh tarixidagi ilk ochkosini qo‘lga kiritdi
16:40 / 12.06.2026