Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FA murabbiylarning bolalarga nosog‘lom munosabati holatlari bo‘yicha tekshiruv o‘tkazadi
Angliya futbol assotsiatsiyasi (FA) voyaga yetmaganlar bilan ishlovchi murabbiyning jinsiy zo‘ravonliklari haqida xabarlaridan so‘ng mustaqil surishtiruv ishlarini boshladi.
Sky News bergan xabarga ko‘ra, 20dan ortiq yosh futbolchilar Buyuk Britaniya professional futbolchilar assotsiatsiyasiga (PFA) jinsiy zo‘ravonlikka uchrayotganidan shikoyat qilib ariza berishgan.
PFA ijrochi direktori Gordon Teylorning ta'kidlashicha, bu «umummilliy masshtab»dagi muammo sanaladi. Bu muammo «Kru Aleksandra» jamoasi sobiq futbolchilaridan bir qismi jamoa murabbiyini bachchavozlikda ayblaganidan keyin boshlangandi. Futbolchilarning tasdiqlashicha, bu kabi jinoyatlar «Blekpul», «Stok Siti», «Lids Yunayted» va «Nyukasl Yunayted» kabi jamoalarda ham kuzatilgan.
London politsiyasi, shuningdek Hempshir, Nortumberlend va Cheshir grafligi huquq himoyachilari mazkur xabar yuzasidan surishtiruv ishlarini boshlaganini bildirgan.
Mavzuga oid
17:58 / 25.05.2024
«Barselona» va «Bavariya»ning yangi murabbiylari ma’lum bo‘ldi
12:43 / 07.05.2020
Anchelotti, Poyyet, Frensis. Futboldagi ajabtovur iste'folar
18:12 / 20.12.2019
Arveladze Barselona, Berdiyev Turkiya, Baqoyev Tailand, Abramov Moskvada. Murabbiylar ta'tilda nima bilan band?
22:41 / 28.03.2019