Kuvaytda parlament saylovlarida muxolifat vakillari mandatlarning qariyb yarmiga ega bo‘ldi
Kuvaytda shanba kuni o‘tkazilgan muddatidan oldingi parlament saylovlari yakunlariga ko‘ra, muxolifat vakillari o‘rinlarning deyarli yarmiga egalik qiladigan bo‘ldi. Bu haqda Frans Press agentligi hukumat tarqatgan ma'lumotlarga asoslanib xabar bergan.
Muddatidan oldin saylov o‘tkazish Kuvayt amiri Saboh al-Ahmad al-Jobir as Saboh tomonidan mamlakat parlamentini tarqatib yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilingach, belgilangan. Ekspertlar deputatlar va mamlakat vazirlar mahkamasi o‘rtasidagi mojaroni tushuntirishgan.
50 deputatlik o‘rni uchun 293 nomzod kurash olib bordi. Muxolifatchilar va ularning ittifoqchilari 24 mandatga ega bo‘lgan.
Agentlikning qayd etishicha, muxolifat ko‘rsatgan nomzodlar qatorida "Birodar musulmonlar" tashkiloti bilan aloqador siyosatchilar, shuningdek, millatchilar va liberallar bor.
Ma'lumot uchun, Kuvaytda siyosiy partiyalar faoliyati taqiqlangan. Qonunga ko‘ra, barcha deputatlar bir mandatli okruglarda saylanishadi.
Avvalgi parlament deputatlarining yarmi yangi tarkibga kirmagan. Saylovda ishtirok etgan 14 nafar ayol nomzoddan faqat biri deputat bo‘lgan. Shialar soni 9 nafardan 6 nafarga tushgan.
Mavzuga oid
19:23 / 30.10.2024
Gurjistonda saylovlar bo‘yicha tergov boshlandi. Mamlakat prezidenti so‘roqqa chaqirildi
23:12 / 28.10.2024
Gurjiston poytaxtida parlament saylovlari natijasiga qarshi norozilik namoyishlari boshlandi
23:06 / 27.10.2024
Gurjiston prezidenti parlament saylovlari natijasini tan olishdan bosh tortdi
23:10 / 26.10.2024