Rustam Azimov transport sohasidagi O‘zbekiston pozitsiyasini ma'lum qildi (Video)
Ashxabodda bo‘lib o‘tayotgan Barqaror transport taraqqiyoti tizimi bo‘yicha birinchi xalqaro anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri birinchi o‘rinbosari, moliya vaziri Rustam Azimov so‘zga chiqdi.
U o‘z ma'ruzasida Birinchi prezidentimiz Islom Karimov tomonidan transport sohasida amalga oshirilgan ishlar, tashabbuslarga to‘xtalib o‘tar ekan, ayni vazifalar bugungi kunda Prezident vazifasini bajarayotgan Shavkat Mirziyoyev tomonidan davom ettirilayotganini ta'kidladi.
Shu o‘rinda barqaror transport tizimini rivojlantirishdagi O‘zbekistonning pozitsiyasini aytib o‘tdi.
Birinchidan, chuqur o‘ylangan, uzoqni mo‘ljallangan milliy transport tizimi loyihalarini ishlab chiqish.
Bunda O‘zbekiston tomonidan amalga oshirilgan bir qator ishlar, xususan Toshguzar-Boysun-Qumqo‘rg‘on poyezd yo‘lining ochilishi, poyezd yo‘llarining elektrlashtirish kabilarni aytib o‘tdi. Shu o‘rinda ushbu tizimni rivojlantirish muhim strategik yo‘nalish bo‘lib qolishini ta'kidladi.
Ikkinchidan, har bir davlatning transport tizimi strategiyasi mintaqaviy, global transport tizimlari bilan mos kelishi lozim.
Bu borada O‘zbekiston tomonidan so‘nggi vaqtda Angren-Pop temir yo‘lining ishga tushirilgani aytib o‘tildi. Shuningdek, O‘zbekiston tomonidan qurib ishga tushirilgan Termiz-Mozorisharif temir yo‘lining kelgusida rivojlantirilishi Afg‘oniston iqtisodiyoti rivoji uchun katta xissa bo‘lib qo‘shilishi ta'kidlandi.
Uchinchidan, O‘zbekiston Xitoy bilan Ipak yo‘li temir yo‘l qurilishini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu Sharqni G‘arb bilan bog‘lashda muhim ahamiyatga ega.
To‘rtinchidan, biz Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning sohadagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlaymiz. Shu o‘rinda Ashxabodda 2011 yil avgustida imzolangan O‘zbekiston-Turkmaniston-Omon yo‘li loyihasini amalga oshirish muhim ahamiyatga egaligi ta'kidlab o‘tildi. Shimoliy yo‘nalishda Qozog‘iston, Rossiya, Ukraina orqali Boltiq dengiziga chiqish masalasini ham yodga olib o‘tdi.
Beshinchidan, yirik logistika markazlarini tashkil etishni ilgari suramiz. Xususan Navoiy erkin iqtisodiy zonasi misolida bunday markazlarni tashkil etish muhim ahamiyatga ega.
Oltinchidan, transport aloqasi xavfsizligini ta'minlash soha rivojida dolzarb ahamiyatga ega. Transport sohasidagi halokatlar, terrorchilik xujumlarini oldini olish lozim.
Mavzuga oid
11:49 / 06.11.2024
Ayrim shaxslarga temiryo‘l transporti va avtobus uchun bepul chiptalar beriladi
21:50 / 10.10.2024
Shavkat Mirziyoyev Ashxobodga yetib bordi
11:00 / 26.09.2024
Bishkekda davlat xizmatchilariga shaxsiy avtomobilda ishga borish cheklandi
12:50 / 21.09.2024