Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda afroamerikaliklarni o‘ldirishda ayblangan qotil o‘zini o‘zi himoya qiladigan bo‘ldi
O‘tgan yilning yozida Shimoliy Karolina shtatida 9 afroamerikalikni o‘ldirishda ayblanayotgan Dilan Ruf sud jarayonida o‘zini o‘zi himoya qiladi, deb xabar bermoqda WCSC-TV telekanali.
Sudya Richard Jyerjyel ayblanuvchining bu iltimosini qondirdi, biroq bunday qarorni "nomaqbul" deb hisoblashidan ogohlantirdi. "Mening fikrimcha, agar sizni advokat himoya qilsa ma'qulroq bo‘lardi", deb aytgan sudya.
Janubiy Karolina sudi ayblanuvchini ong-shuuri joyida deb topdi, bu esa 28 noyabrda sudlovchilarni tanlash jarayonini davom ettirishga ijozat berdi. Avvalroq ayblanuvchining advokatlari 22 yoshli Ruf unga qo‘yilayotgan ayblovlarning mohiyatini tushunmayotganini ro‘kach qilganlaridan keyin bu jarayon to‘xtatilgandi.
O‘tgan yil iyunida Ruf irqiy adovat negizida Charlstondagi cherkovda 9 nafar afroamerikalikni otib tashlagandi. Ertasi kuni u hibsga olingan. Unga qotillik va boshqa bir qator jinoyatlarni amalga oshirganlik bo‘yicha ayblovlar qo‘yilgan. AQSh adliya vazirligi qotilga o‘lim jazosi berilishiga erishmoqchi ekanligini aytgan.
Mavzuga oid
20:25 / 16.07.2026
AQSh grin-karta talabgorlari uchun 100 ming dollarlik garov joriy etishi mumkin
12:03 / 16.07.2026
Eronning nishonlari – dunyoda va Arab ko‘rfazi davlatlarida AQShning nechta harbiy bazasi bor?
08:52 / 16.07.2026
AQSh Erondagi harbiy obektlarga yangi zarbalar berdi
22:58 / 15.07.2026