Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
XOQ prezidenti Tokiodagi olimpiya o‘yinlari tarixdagi eng g‘aroyib bellashuvlar bo‘lishiga ishonch bildirdi
Foto: TASS
Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) rahbari Tomas Bax 2020 yili Tokioda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada tarixdagi eng innovatsion tadbirga aylanishidan umidvor. Bu haqda prezidentning o‘zi XOQning Tokiodagi debrifingi ochilish marosimidagi videomurojaatida so‘z yuritdi.
“Bizning fikrimizcha, Tokioda tarixdagi eng innovatsion o‘yinlar o‘tkaziladi”, - ta'kidlab o‘tdi Bax.
“Tokio-2020” tashkiliy qo‘mitasi rahbari Yesiro Mori esa Yaponiya o‘yinlar omadli o‘tishi uchun barcha harakatni amalga oshirishini va'da berdi. “Sport kelajakni o‘zgartishi mumkin bo‘lgan o‘ziga xos kuchdir. Biz Olimpiada estafetasini munosib tarzda uzatish uchun barcha narsani qilamiz”, - ta'kidlab o‘tdi u.
Debrifingda ishtirok etgan Tokio gubernatori Yuriko Koike esa shahar hukumati Olimpiada 2020 ga tayyorgarlik doirasida 3R prinsipi – takroriy foydalanish, qisqartirish, qayta ishlashdan (Reuse, Reduce, Recycle) foydalanayotganligini ma'lum qildi.
Ma'lumot uchun, XOQ debrifingi davomida turli mamlakatlar vakillari tajriba almashib, Olimpiya tadbirlarini o‘tkazuvchi shaharlar kelajagi borasida so‘z yuritadilar.
XOQning umid qilishicha, Rio-2016 tajribasi keyingi yozgi va qishki O‘yinlarni qabul qiluvchi – Pxenchan, Tokio va Pekin kabi Osiyo shaharlariga jiddiy yordam beradi.
Mavzuga oid
16:56 / 23.06.2025
XOQ yangi rahbari rasman faoliyatini boshladi
21:21 / 06.04.2025
Allergiya belgilarini yengillashtirishga yordam beradigan tabiiy modda aniqlandi
13:04 / 04.03.2025
Yaponiyada dunyodagi eng kichik bog‘ mavjud: uning maydoni yarim metrdan kam
10:54 / 09.12.2024