Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada YeI uchun Anqara bilan munosabatlarning yomonlashishi qanday asoratlarga olib kelishi aytildi
Anqara va Bryussel o‘rtasidagi munosabatlarning yomonlashishi Turkiyadan ko‘ra ko‘proq Yevropa Ittifoqiga katta ziyon yetkazadi, deb aytdi Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari No‘'mon Kurtulmush.
"Shuni bilish kerakki, bizning YeI bilan munosabatlarimizning yomonlashishi Yevropa Ittifoqining o‘ziga katta ziyon yetkazadi. Yevropa siyosati uchun YeI sammitida uning yetakchilari Anqarani qo‘llab-quvvatlovchi qaror qabul qilishlari hayotiy zaruriyat", deb aytdi Kurtulmush Anqaradagi matbuot-anjumanida.
Kurtulmush Yevroparlamentning Turkiya bilan uning YeIga kirishi bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatib turish chaqirig‘i bildirilgan rezolyutsiyasini keskin tanqid qildi. Kurtulmushning aytishicha, Yevroparlament ultrao‘ng kuchlar ta'siriga tushgan hamda Turkiyani rad etish pozitsiyasidan harakat qilmoqda. "Bu rezolyutsiya Yevropa siyosati uchun xavotirli signaldir", deb qo‘shimcha qildi Kurtulmush.
Yevroparlament 24 noyabrda Strasburgdagi yalpi yig‘ilishida Anqara bilan muzokaralarni "muzlatish" chaqirig‘i bildirilgan rezolyutsiyani ma'qulladi. Bunga javoban Turkiya prezidenti muhojirlarning Yevropaga borishidagi to‘siqlarni olib tashlash bilan tahdid qilgan.
Mavzuga oid
20:25 / 14.07.2026
Turkiyada Netanyahuni hibsga olish uchun xalqaro order berildi
21:57 / 13.07.2026
Ukraina va Yevropa davlatlari raketaga qarshi mudofaa koalitsiyasini tuzdi
21:51 / 10.07.2026
Facebook va Instagram dizayni odamni «qaramlikka» olib kelishi aniqlandi
11:46 / 10.07.2026