Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT: Halabda so‘nggi bir necha kun ichida 16 ming kishi o‘z uyini tashlab chiqib ketdi
BMT bosh kotibining gumanitar masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Stiven O'Brayyenning ma'lum qilishicha, Suriyaning Halab shahrida deyarli 16 ming kishi shaharning sharqiy qismida janglar boshlanishidan bir necha kun avval o‘z uylarini tashlab chiqib ketishgan.
"Halabning sharqiy tumanlarida so‘nggi kunlarda kuzatilgan hujumlarning ko‘payishi minglab tinch aholini shaharning boshqa qismlariga qochishga majbur qildi. Xabarlarga ko‘ra, 16 ming kishi o‘z uyini tashlab chiqib ketgan", — deyiladi O'Brayyenning bayonotida.
O‘rinbosarning ta'kidlashicha, shaharning bu qismida kasalxonalar ishlamayapti, oziq-ovqat zaxiralari ham oxirlab qolgan. Janglar shu tarzda davom etsa, vaqtinchalik xavfsiz joylarga ko‘chib ketganlar soni bir necha ming kishiga yetishi mumkin.
Ma'lumot uchun, Halabdagi vaziyat so‘nggi oylarda o‘ta murakkablashgan. Shahar va uning atrofida og‘ir janglar kechmoqda. Terrorchilik guruhlari esa shaharning sharqiy mavzelarida 200-300 mingga yaqin tinch aholini kuch bilan ushlab turibdi.
Mavzuga oid
11:07 / 10.07.2026
BMT hisobot berdi: davlatlar 2030 yilgacha qo‘yilgan maqsadlarga sekin erishmoqda
11:23 / 08.07.2026
“2030 yilga borib suv tanqisligi 15 mlrd kub metrga yetadi” – suv vaziri Nyu Yorkda
09:02 / 11.06.2026
Qochqinlar soni rekord darajada: BMT yangi hisobotni e’lon qildi
08:45 / 09.06.2026