Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Botiq displeyli iPhone Apple'ning 10 yilligiga taqdim etiladi
Apple kompaniyasi o‘zining botiq displeyli smartfonini kelgusi yilda ishlab chiqarishi mumkin. Bu haqida Wall Street Journal xabar berdi.
Apple'ga uskuna yetkazib beruvchilar ularga yupqaroq LED-displeylar ishlab chiqarishni oshirishga so‘rov kelib tushgani haqida ma'lum qilishgan.
Keyingi yilda iPhone o‘zining 10 yillik yubileyini nishonlaydi. Apple smartfonlari sotuvlari kamaygan bir paytda insayderlar bu - egiluvchan OLED-ekranli yangi modelni namoyish qilish va foydalanuvchilarni qiziqtirishning ayni vaqti deb hisoblashmoqda. Kompaniyaning o‘zi bu ma'lumotni izohlashdan bosh tortdi.