Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an azonni taqiqlash barcha musulmonlarni haqorat qilishini ta'kidladi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Isroilda azonga nisbatan joriy qilingan cheklovlarga oid muzokaralarni xavfli deb atadi. Bu haqida RIA "Novosti" xabar berdi.
Isroil parlamenti mamlakat bosh vaziri Binyamin Netanyaxu tashabbusi bilan ilgari surilgan qonun loyihasini ko‘rib chiqmoqda. Unga ko‘ra, Sharqiy Quddus va Isroilning arab jamoalaridagi masjidlarda baland ovozda namozga chorlash taqiqlanadi.
"Bizga muammolarni keskinlashtiruvchi emas, ularni tartibga soluvchi qarorlar kerak. So‘nggi paytlarda quloqqa chalinayotgan Isroildagi azon muhokamasi juda xavfli deb o‘ylayman. U nafaqat falastinliklar, balki barcha musulmonlarni haqorat qiladi va hech kimga foyda keltirmaydi. Biz isroillik rasmiylarga bu loyiha o‘z tasdig‘ini topgan taqdirda qanday xavfli oqibatlarga olib kelishi mumkinligi borasidagi xavotirmizni yetkazdik", - dedi Erdo‘g‘an Istanbuldagi simpoziumda so‘zga chiqqanda.
Erdo‘g‘an "doimiy tinchlik uchun yagona yo‘l" borligi, u ham bo‘lsa, Sharqiy Quddusda o‘z poytaxtiga ega mustaqil Falastin davlatini barpo qilish ekanligini ta'kidladi.