Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an: Turkiyada keyingi yo‘lini tanlashda tanlov mavjud
Turkiya o‘zining keyingi rivojlanishining ko‘plab yo‘llariga ega va ulardan birini tanlashi mumkin, deb aytdi Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Yevropa Ittifoqi bilan munosabatlarning keskinlashuviga izoh berib.
Yevroparlament 24 noyabrda Strasburgdagi yalpi yig‘ilishida Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga kirishi bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatishga chaqiruvchi rezolyutsiyani ma'qulladi. Bu esa Anqara tomonidan keskin munosabatni keltirib chiqardi. Turkiya bosh vaziri Binali Yildirimning aytishicha, hujjat uning davlati uchun hech qanday huquqiy kuchga ega emas.
"Albatta, biz YeIning Turkiyaga nisbatan bunday haqoratli munosabatidan ranjiganmiz. Shunga qaramay, biz hozircha YeI bilan munosabatlarni to‘xtatmadik. Biroq e'tibor bering, men "hozircha" deb aytmoqdaman Afsuski, ayni vaqtda vaziyat ijobiy fikrlashga ijozat bermayapti. Biroq shuni ham unutmaslik kerakki, Turkiyada hamisha ko‘plab tanlov mavjud va u ulardan birortasini tanlab, o‘z yo‘lini davom ettirishi mumkin", deb aytdi Erdo‘g‘an Istanbuldagi anjumanda.
Erdo‘g‘anning aytishicha, Turkiya mafkuraga bo‘ysundirish mumkin bo‘lgan davlatlar qatoriga kirmaydi. Turkiya ikki, uch karra ko‘proq ishlashi mumkin, biroq boshini egmaydi, deb qo‘shimcha qildi Erdo‘g‘an.
Mavzuga oid
20:25 / 14.07.2026
Turkiyada Netanyahuni hibsga olish uchun xalqaro order berildi
21:57 / 13.07.2026
Ukraina va Yevropa davlatlari raketaga qarshi mudofaa koalitsiyasini tuzdi
21:51 / 10.07.2026
Facebook va Instagram dizayni odamni «qaramlikka» olib kelishi aniqlandi
11:46 / 10.07.2026