Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Infantino Kolumbiyadagi halokat yuzasidan hamdardlik bildirdi
FIFA prezidenti Janni Infantino Braziliyaning «Shapekoense» jamoasi aviahalokatga uchragani yuzasidan ta'ziya bildirdi. Uning hamdardlik so‘zlari FIFA rasmiy saytida keltirilgan.
«Bu futbol uchun juda qayg‘uli xabar. Bizni Kolumbiyadagi fojia chuqur qayg‘uga soldi. Bu karaxt ahvolga soluvchi fojia. Bunday og‘ir kunda biz qurbonlarning yaqinlari va oila a'zolari bilan birgamiz», degan Infantino.
29 noyabr kuni ertalab futbol olamida noxush xabar tarqaldi. Kopa Sudamerikano finalida ishtirok etish uchun Kolumbiyaga parvoz qilgan «Shapekoense» jamoasi futbolchilari mingan samolyot Medelin shahri yaqinida, aeroportga 50 km masofa qolganida qulab tushdi. Samolyot bortida bo‘lgan 72 yo‘lovchi va ekipajning 9 a'zosi, jami 81 kishidan besh nafari omon qoldi.
Mavzuga oid
17:40 / 27.03.2019
«Shapekoense» samolyoti halokatida omon qolgan jurnalist futbol maydonida jon berdi
23:30 / 25.12.2017
Aviahalokatda omon qolgan futbolchi protez oyog‘i bilan gol kiritdi (video)
08:03 / 08.08.2017
«Barselona» «Shapekoense»ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi
12:45 / 25.07.2017