BSST: 14 mln.dan ortiq kishi OIV bilan kasallanganini bilmaydi
Dunyo bo‘ylab 14 mln.dan ziyod kishi OIV infeksiyasi bilan kasallanganini bilmaydi.
Bu haqda Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (BSST) OIVni aniqlash bo‘yicha o‘zini-o‘zi testdan o‘tkazish borasida yangi qo‘llanma chop etilishi munosabati bilan ma'lum qildi.
Ayni damda antiretrovirusli terapiyani (ART) “OIV bilan kasallangan 18 mln.dan ortiq kishi oladi va aynan shuncha odam davolanish imkoniga ega emas”, deyiladi BSSTning Jyenevada matbuotga mo‘ljallangan xabarida. Unda ta'kidlanishicha, “ayni kunda OIV bo‘lgan barcha insonlarning 40 foizi o‘z holatidan xabardor emas”. 2005 yildan 2015 yilga qadar OIV bilan kasallanganidan xabardor kishilar soni 12 dan 60 foizga qadar oshgan bo‘lib, xasta insonlarning 80 foizdan ortiqrog‘i ARTni oladi.
BSST OIVga o‘zini-o‘zi testdan o‘tkazish uskunalarini bepul tarqatishni qo‘llab-quvvatlaydi. U kishilarga uy sharoitida o‘z holatini 20 daqiqa ichida bilish imkonini beradi.
Mavzuga oid
13:50 / 22.10.2024
Olimlar OIV bilan kasallangan odamlar o‘rtasida buyrak ko‘chirib o‘tkazish xavfsizligini isbotladi
15:00 / 15.04.2024
Ikki nafar OIV infeksiyali bemorga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
17:17 / 30.11.2023
So‘nggi 36 yilda 48 ming o‘zbekistonlikda OITS aniqlangan – Sanepidqo‘m
07:22 / 28.07.2023