2025 yil boşidan buyon Rossiyaning kamida 16 ta hududida OIVga çalingan rossiyaliklar virusli yuk va immunitet holati testlarini ötişda rad javobiga duç keldi, deb xabar bermoqda «Vedomosti» gazetasi «Patsiyenskiy kontrol» jamoat harakatiga tayanib. Tavsiyalarga köra, OIV bilan kasallangan odamlar har olti oyda bir marta, terapiyaning boşida esa har 1-3 oyda bir marta uşbu tekşiruvdan ötişi kerak.
Harakat vakilining sözlariga köra, yil boşidan buyon diagnostikadagi qiyinçiliklar yuzasidan 40 ta murojaat kelib tuşgan. Muammoli hududlarga Samara, Tyumen, Kaluga, Orenburg, Rostov, Leningrad va Amur viloyatlari, şuningdek, Doğiston, Udmurtiya va Boşqirdiston kiradi. Mahalliy OITS markazi xodimi ham anonim tarzda Perm ölkasida virus yukini tekşiriş tizimlarining yetişmasligi haqida gapirdi, deya ta’kidlaydi gazeta.
2023 yilda Rossiyadagi barça muhtojlar uçun virusli yuk va immunitet holati böyiça test tizimlarini sotib olişga 4,07 milliard rubl talab qilingan, biroq haqiqiy xarajatlar 2,88 milliard rublni (talab qilingan miqdorning 70,8 foizini) taşkil etdi, deya ta’kidlaydi «Vedomosti» "Zdravresurs" ekspert guruhi hisobotiga tayanib. Şu bilan birga, agar test sinovlari, şuningdek, yangi bemorlarga taşxis qöyiş va ularni davolaş uçun bilvosita xarajatlar hisobga olinsa, bu miqdor «sezilarli darajada yuqori» böladi, deyiladi hisobotda.
«2022 yildan beri subsidiya miqdori (diagnostika uçun federal budjetdan mintaqaga) 35 foizga kamaydi, dispanserda röyxatga olinganlar soni esa 12,7 foizga oşdi», deb yozadi Leningrad viloyatidagi OITSga qarşi kuraş markazining boş şifokori Aleksey Kovelenov «Patsiyenskiy kontrol» söroviga javoban. Uning sözlariga köra, bu test tizimlarining yetişmasligi va tekşiruvlar sonining qisqarişiga olib kelgan.








