Qonun loyihasi bilan «Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib çiqaradigan kasallik (OIV infeksiyasi) tarqalişiga qarşi kuraşiş töğrisida»gi qonunga bir qator özgartiriş va qöşimçalar kiritiş taklif qilindi.

Xususan, uzluksiz 90 kun va undan ortiq muddat davomida çet elda bölib qaytgan 18 yoşdan 60 yoşgaça bölgan fuqarolar, Özbekiston hududida doimiy yaşaydigan çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslar hamda mehnat faoliyatini amalga oşiriş uçun kirib kelayotgan çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslarni majburiy ravişda OIV infeksiyasiga tibbiy tekşiruvdan ötkaziş belgilanmoqda.

Şuningdek, bu tekşiruv Özbekiston fuqarolari, Özbekistonda doimiy yaşaydigan fuqaroligi bölmagan şaxslar uçun davlat budjeti mablağlari hisobidan, qolganlarga öz mablağlari, iş beruvçining mablağlari yoki qonunçilikda taqiqlanmagan boşqa mablağlar hisobidan ötkazilişi nazarda tutilmoqda.

Deputatlarning ta’kidlaşiça, qonun loyihasining qabul qilinişi inson salomatligi uçun xavf tuğdiruvçi yuqumli kasalliklar tarqalişining oldini olişga, aholi salomatligini muhofaza qilişga, mehnat migratsiyasi jarayonlarida ijtimoiy xavfsizlikni ta’minlaş böyiça ta’sirçan huquqiy mexanizmlarni şakllantirişga xizmat qiladi.

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan uçinçi öqişda qabul qilindi va Senatga yuborildi.