Sport | 14:43 / 30.11.2016
7014
2 daqiqa o‘qiladi

"El-klasiko"dan tushgan daromad "Shapekoense"ga xayriya qilinadi

Foto: © AFP

Jahonning turli klublari Braziliyaning «Shapekoense» klubini qo‘llab-quvvatlamoqda va unga imkon qadar yordam berishga harakat qilmoqda. «Real» va«Barselona» kabi Ispaniya grandlari ham bu xayrli ishdan chetda qolishmadi. Midiarrio shu haqida ma'lum qildi. 

Manbaga ko‘ra, «Barselona» va «Real» jamoalari 14-tur o‘yinidan tushgan barcha daromadlarni «Shapekoense»ga, klub o‘z faoliyatini davom ettira olishi uchun topshirishga qaror qilishdi. Ikki mashhur jamoa o‘rtasidagi o‘yin 3 dekabr kuni «Barselona» maydonida bo‘lib o‘tadi. 

Braziliyaning «Shapekoense» jamoasi o‘yinchilari uchayotgan samolyot Kolumbiyaning Medelin shahri yaqinida halokatga uchradi. Havo kemasi bortida 77 nafar kishi - 68 yo‘lovchi va 9 nafar ekipaj a'zosi bo‘lgan. Halokat natijasida 71 kishi hayotdan ko‘z yumgan, 6 kishi turli jarohatlar olgan. 

Braziliya klubi 30 noyabr kuni Janubiy Amerika kubogining final o‘yinida Kolumbiyaning «Atletiko Nasonal» jamoasi bilan uchrashishi kerak bo‘lgan. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid