Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy Falastin masalasi bo‘yicha o‘z munosabatini bildirdi
Foto: © RIA Novosti
XXR raisi Si Tszinpin BMTga Falastin bilan Xalqaro birdamlik kuni sabab telegramma jo‘natdi va falastin masalasini hal etishni xalqaro kun tartibidagi eng muhim bo‘g‘inlardan biriga aylantirishga chaqirdi.
Telegramma matniga ko‘ra, Si Tszinpin “falastin masalasi xalqaro kun tartibidagi birinchi o‘rindagi mavzu bo‘lishi kerak. Sababi ushbu muammo Yaqin Sharqda tinchlik o‘rnatilishiga g‘ov bo‘lib turibdi”.
Xitoy yetakchisi Isroil va Falastinni maksimal darajadagi bosiqlik va keskinlikni yanada kuchaytirmaslikka chaqirdi.
"Xitoy vaziyatni yengillashtirishga yordam beruvchi barcha harakatlarni qo‘llab-quvvatlaydi", — degan Si Tszinpin.
Uning ta'kidlashicha, mamlakat falastinliklarning “adolatli ishi”ni yoqlaydi va isroil-falastin yarashuvida chin dildan vositachilik qiladi. Shuningdek, rais tinch muzokaralarni tezroq tiklashga chaqirdi.
Falastinliklar Isroil bilan vaziyatni tinch yo‘l bilan hal qilish jarayoni doirasida ikki suveren davlat o‘rtasidagi bo‘lajak chegaralar 1967 yilgi Olti kunlik urushga qadar bo‘lgan chiziqlardan o‘tishini talab qilmoqda. Ular Iordan daryosining G‘arbiy qirg‘og‘i va G‘azo sektorida o‘z davlatlarini tuzishga umid qilib, Sharqiy Quddusni poytaxt deb e'lon qilishmoqchi. Isroil esa 1967 yilgi chegaralarga qaytishdan bosh tortmoqda.
Pekin esa Falastin davlatini 1967 yilgi chegaralarda yaratishni qo‘llab-quvvatlamoqda va Isroilni Falastinni mustaqil davlat deb tan olishga chaqirmoqda.
Mavzuga oid
20:52 / 25.12.2025
Falastinni parchalash: G‘arbiy sohil xaritasi qanday o‘zgaryapti?
10:53 / 24.12.2025
Greta Tunberg Londonda Falastinga bag‘ishlangan aksiyada qo‘lga olindi
15:41 / 20.12.2025
Isroil sulhga qaramay G‘azodagi boshpanaga hujum uyushtirdi: kamida 6 kishi halok bo‘ldi
10:17 / 15.12.2025