Jahon | 15:15 / 30.11.2016
2801
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda yadroviy tadqiqotlar markazi ochildi

Xitoyning sharqiy qismidagi Shandun provinsiyasida yadroviy tadqiqotlarning yangi markazi ochildi. Markazning maqsadi - Xitoyning atom energetikasi sohasidagi loyihalarini rivojlantirish yo‘lida  texnologik muammolarni hal qilish. Bu haqida Sinxua agentligi xabar berdi

Markaz Yantay shahrida uch davlat kompaniyasi tomonidan tashkil etildi — Xitoyning bosh yadroviy energiya korporatsiyasi, Xitoy yadroviy sanoat kompaniyasi va Milliy elektroenergetika investitsion kompaniyasi. 

Markaz direktori Shu Goganning so‘zlariga ko‘ra, tashkilot   qoshida 10 ta tadqiqot instituti ta'sis etilgan. Ularning faoliyati keng qamrovli sohalarni o‘z ichiga oladi. Atom energiyasidan kompleks foydalanish, radiatsion himoya va yadroviy chiqindilarni qayta ishlash shular jumlasidandir. 

Tadqiqotlar Xitoyning uchinchi avlod atom energobloklari loyihalari uchun kerakli jihozlarni ommaviy ravishda ishlab chiqarishda zarur bo‘lgan texnologik muammolarni hal qilishga qaratilgan bo‘ladi. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid