Jahon | 07:50 / 30.11.2016
6227
1 daqiqa o‘qiladi

Niderlandiya quyi parlamenti hijoblarni taqiqlashni ma'qulladi

Foto: Getty Images

Niderlandiya parlamentining quyi palatasi yuzni berkituvchi kiyimlar, jumladan burki va hijoblar, shlem va chang‘i niqoblari kiyishni taqiqlovchi qonun loyihasini ma'qulladi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.    

Ushbu qonun bu chora muhim bo‘lgan ba'zi ommaviy joylarda, misol uchun, davlat muassasalari, maktab va shifoxonalarda yuzni berkitishni taqiqlashni nazarda tutadi. Shu bilan birga mamlakatda ushbu taqiqlov kuchga kirishi uchun parlament yuqori palatasi tomondan ham ma'qullanishi lozim. 

Bu taqiqlovni buzganlik uchun 405 yevro miqdorida jarima ko‘zda tutilgan.

Ma'lum qilinishicha, Fransiya va Belgiyada hozirda bunday qonun amal qilmoqda. Avvalroq Bolgariyada ommaviy joylarda hijob kiyish taqiqlangandi.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid