Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Savol-javoblar: Saylov kuni pasportini almashtirishga bergan fuqaro qanday yo‘l tutadi?
4 dekabr O‘zbekistonda prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tadigan kun. Bunga alohida tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Barcha sharoitlar hozirlangan, shay holatga keltirilgan.
Shu o‘rinda fuqarolarda saylov bilan bog‘liq ayrim savollar yoki muammolar tug‘ilishi mumkin?
1. Fuqaro o‘z pasportini biometrik pasport olish maqsadida almashtirish uchun topshirgan bo‘lsa, ovoz berish jarayoniga qanday qatnashadi?
- Bunday holatda fuqaro o‘zi yashab turgan Ichki ishlar boshqarmasidan pasportini almashtirayotgani haqida ma'lumot oladi va u orqali ovoz berish jarayonida bemalol ishtirok eta oladi.
2. Fuqaroda saylovga taklifnoma bo‘lmasa, qanday yo‘l tutadi?
- Har bir saylov uchastkasida saylovchilarning qo‘shimcha ro‘yxat-ilovasi bo‘ladi. Fuqaro saylov uchastkasiga pasporti (ma'lumotnoma) bilan borganida u mazkur ro‘yxat-ilovaga kiritiladi hamda ovoz berish jarayoniga bemalol qatnasha oladi.
3. Saylov uchastkasi qayerda joylashganini qanday bilsa bo‘ladi?
- Saylov uchastkasining manzili fuqaroga taqdim etilgan taklifnomada yozib qo‘yilgan bo‘ladi.
4. Fuqaro ma'lum bir sabablarga ko‘ra, oila a'zolari nomidan borib ovoz berib kelishi mumkinmi?
- Mumkin emas. Har bir fuqaro o‘zi uchun ovoz berish huquqiga ega. Bunday holatda oila a'zolarining pasportlarini olib kelgan fuqaroning yakka o‘zi ro‘yxatdan o‘tkaziladi va ovoz berish jarayonida faqat o‘zi ishtirok etadi. U olib kelgan oila a'zolarining pasportiga qarab, ular ro‘yxatga olinmaydi va ovoz berish jarayoniga qatnasha olishmaydi.
5. Saylov uchastkasi ro‘yxatida fuqaroning ismi kiritilmagan bo‘lsa, qanday yo‘l tutiladi?
- Bu holatda ham yuqorida aytib o‘tilganidek, har bir saylov uchastkasida saylovchilarning qo‘shimcha ro‘yxat-ilovasi bo‘ladi. O‘sha yerdan ro‘yxatdan o‘tib, ovoz berish jarayonida bemalol ishtirok etaveradi.
6. Sog‘lig‘i sabab saylov uchastkasiga bora olmagan fuqaro nima qiladi?
- Sog‘lig‘i sabab saylov uchastkasiga bora olmagan fuqaroning og‘zaki yoki yozma murojaati orqali uning uyiga saylov komissiyasining kamida ikki nafar xodimi tashrif buyuradi.
7. Saylov kuni yana boshqa savollar tug‘ilib qolsa, kimga murojaat etiladi
- Saylov bilan bog‘liq barcha savollarga Markaziy saylov komissiyasining Ishonch telefoniga ((0 371) 239-35-62) qo‘ng‘iroq qilib, javob olish mumkin.
Savollarga MSK Matbuot xizmati rahbari Nizomiddin Nurmatov javob qaytardi.
Mavzuga oid
20:57 / 02.07.2026
Zalujniy Zelenskiyga saylovda qatnashmoqchiligini aytdi
10:45 / 13.06.2026
Armanistonda saylov ovozlari qayta sanaldi
09:00 / 08.06.2026
Armanistondagi saylovlarda Pashinyan partiyasi yetakchilik qilmoqda
21:43 / 07.06.2026