Iqtisodiyot | 15:50 / 01.12.2016
8084
1 daqiqa o‘qiladi

Atambayev Qirg‘iziston-Xitoy temir yo‘li qurilishi qaysi bosqichda ekaniga oydinlik kiritdi

Foto: akipress

Qirg‘iz respublikasi prezidenti Almazbek Atambayev yakuniy matbuot anjumanida xitoy-qirg‘iz temir yo‘li qurilishi haqida axborot berdi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, qirg‘izistonliklar tomonidan ishlab chiqilgan ushbu temir yo‘l loyihasi Xitoyga ham mos kelishini katta qiyinchilik bilan ishontirishning uddasidan chiqilgan. 

«Uning masofasi uzunroqdir, ammo arzonroqqa tushadi. Akayevning loyihasi hech narsaga arzimaydi. Agar temir yo‘l tog‘lardan o‘tsa, biz ekologiyani o‘ldiramiz. Agar biz loyiha tayyorlasak, u avvalo Qirg‘iziston manfaatlariga javob berishi kerak. Yo‘l Ot-boshi tumanidan o‘tishi kerak», - degan Almazbek Atambayev.
 
Prezidentning qo‘shimcha qilishicha, tomonlarda keskin rad etish kayfiyati yo‘q. Ular ekspertlar bilan munozaralar o‘tkazishga kelishib olishgan. 

Mavzuga oid