Sport | 21:40 / 01.12.2016
4902
1 daqiqa o‘qiladi

YeChL va YeLning 6-tur o‘yinlari «Shapekoense» futbolchilari xotirasiga sukut saqlash bilan boshlanadi

Yevropa Chempionlar ligasi va Yevropa Ligasida guruh bosqichining so‘nggi tur o‘yinlari aviahalokatda vafot etgan «Shapekoense» klubi futbolchilari xotirasi uchun bir daqiqalik sukut bilan boshlanadigan bo‘ldi. Bu haqda UYeFA matbuot xizmati xabar tarqatdi. 

Eslatib o‘tamiz, Boliviyaning Lamia aviakompaniyasiga tegishli samolyot 29 noyabr kuni Kolumbiyada halokatga uchragandi. Havo layneri bortida 77 kishi bor edi. Ularning aksari Janubiy Amerika kubogining birinchi finalini «Atletiko Nasonal»ga qarshi o‘tkazish uchun yo‘l olgan «Shapekoense» klubi futbolchilari va klub xodimlari edi. Falokat tufayli 71 kishi halok bo‘lgan, 6 kishi omon qoldi. Ulardan 3 nafari futbolchilar: Alan Rushel, Jyekson Folman va Xelio Samper Neto.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid