Jamiyat | 22:06 / 01.12.2016
9081
2 daqiqa o‘qiladi

Onkologlar prostata saratonini davolashda katta natijaga erishdilar

Foto: telegraph.co.uk

Prostata saratonini testosteron (erkaklar jinsiy gormoni) inʼeksiyalari yordamida davolash mumkinligi aniqlandi. Bunga Jon Xopkins universitetidan professor Sem Denmeade boshchiligidagi bir guruh onkologlar muvaffaq bo‘ldilar. Ular buning dastlabki natijalari haqida Myunxendagi saratonni molekulyar-targetli davolash bo‘yicha simpoziumda so‘zlab berishdi. Shuningdek bu haqda EurekAlert portalida aytilgan.

Tajriba bemorlarning organizmida testosteron darajasini sun'iy yo‘l bilan ko‘paytirish yoki kamaytirishdan iborat bo‘lgan. Kasali odatdagi davolash usullarini qo‘llab bo‘lmaydigan darajada avj olib ketgan tajriba ishtirokchilari har 28 kunda testosteron inʼeksiyasidan olib turishgan. Shu bilan birga ular organizm tomonidan testosteronning ishlab chiqarilishini to‘xtatuvchi dori vositasi qabul qilishgan. Olimlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, testosteron darajasining keskin o‘zgarishi saraton to‘qimalarini kuchsizlantirishi yoki hattoki o‘ldirishi kerak.  

Ba'zi bemorlarda o‘simtalar o‘lchami kichiklashgan va kasalning borishi to‘xtagan. Tajribaning 47 ishtirokchisida prostata o‘ziga xos antigeni – prostata saratonini aniqlash uchun qonda aniqlanishi kerak bo‘lgan o‘simta markeri darajasi tushib ketgan. Bemorlardan biri to‘liq davolangan: unga inʼeksiyalar kiritila boshlagandan keyin 3 oy o‘tib, uning qonidagi antigen darajasi nolgacha tushgan va 22-inʼeksiyadan keyin ko‘tarilmagan.

 

Mavzuga oid