Yaponiyalik olimlar aerobika maşqlari yordamida ortiqça vaznga ega erkaklarda testosteron darajasini kötarişga muvaffaq bölişdi. Natijalar haqida The American Physiological Society ma'lum qildi. 

Tsukubi va Ryutsu Keyzay universitetlarining tadqiqotçilari 16 nafar normal vaznga ega hamda 28 nafar ortiqça vaznli yoki semizlikdan aziyat çekuvçi erkaklar iştirokida izlaniş olib borişdi. Unga köra, ortiqça vaznli kişilarda testosteron darajasi past bölgan. Ular 12 hafta davomida haftada 1-3 marta sayr qilişgan yoki 40-60 daqiqadan yugurişgan.

Tadqiqot yakunida ortiqça vaznga ega kişilarda testosteron darajasi normal vaznli kişilarnikidek bölmasa-da, ança kötarilganligi kuzatilgan. 

"Testosteron – erkaklar jinsiy gormoni. Uning me'yordan kam bölişi soğliq bilan boğliq turli muammolarga olib keladi, - ta'kidlaşdi tadqiqotçilar. - Semizlik - dunyodagi eng katta muammolardan biri - testosteron gormonining pasayişiga olib keladi". Olimlarning sözlariga köra, gormon yetişmovçiligining asosiy belgilari - çarçoq, jinsiy faollikning susayişi, muşak va suyak massasining kamayişi.