Sport | 07:41 / 02.12.2016
37334
1 daqiqa o‘qiladi

«Barselona» – «Real Madrid» uchrashuvi UzReport TV orqali jonli efirda namoyish etiladi

3 dekabr, Toshkent vaqti bilan soat 20:15da «Kamp Nou» stadionida «Barselona» va «Real Madrid» jamoalari uchrashuvi  UzReport TV telekanali orqali namoyish etiladi. Bu haqda Tribuna.uz yozmoqda.

«Ispaniya chempionati lisenzion translyatsiyasi huquqini qo‘lga kiritgan UzReport TV telekanali  tomoshabinlar talab va istaklaridan kelib chiqib La Liga translyatsiyasini aynan «Barselona» – «Real Madrid» uchrashuvidan boshlab amalga oshiradi va har turning eng muhim uchrashuvlarini jonli efirda e'tiboringizga havola etib boradi», deyiladi telekanal xabarida.

3 dekabr soat 20:00dan boshlab UzReport TV telekanalida «Barselona» – «Real Madrid» uchrashuvi translyatsiyasini jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin.

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid