Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“LUKoyl” rahbari neft qazib olish hajmini cheklash borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi
Foto: © RIA Novosti
Rossiyaning “LUKoyl” neft kompaniyasi rahbari Vagit Alekperovning fikricha, neft oluvchi mamlakatlar OPeK tomonidan qabul qilinuvchi qaror narxlarni oshishiga turtki bermasa, neft olish hajmini qo‘shimcha ravishda cheklash mumkin. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
“Vaziyat barqarorlashadi. Agarda bu yordam bermasa, navbatdagi qadamlar amalga oshiriladi. Bozorda bizning mahsulotimiz talabgir bo‘lmasa, uni ishlab chiqarishdan nima foyda? Bu istalgan ishlab chiqaruvchining tabiiy reaksiyasidir”, - ma'lum qildi Alekperov.
Uning qo‘shimcha qilishicha, har bir mamlakat neftning adolatli narxidan manfaatdordir.
“LUKoyl” rahbarining taxminicha, 2017 yilda neft narxi bir barrelga 60 dollar atrofida bo‘ladi.
Avvalroq, OPeK mamlakatlari neft qazib olish hajmini qisqartirishga kelishib olganliklari xabar qilingandi.
Mavzuga oid
09:39 / 11.05.2026
Jahonda neft tanqisligi bir milliard barrelga yetdi
19:38 / 28.04.2026
BAA Neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti (OPeK va OPeK+) a’zoligidan chiqadi
08:17 / 20.03.2026
Neft gigantlari: dunyodagi eng yirik xom neft qazib oluvchilar
13:52 / 13.03.2026