19:48 / 02.12.2016
25630

MDH mamlakatlaridagi eng qimmat va eng arzon smartfonlar

Foto: mobilenapps.com

Eng qimmat iPhone

Foto: GSMarena.com

MDHning qaysi mamlakatida iPhone eng qimmat sotilishini aniqlash uchun "Life" nashri Rossiya, Qozog‘iston, Ukraina va Belarusdagi o‘rtacha ish haqiga doir ma'lumotlarni topdi va ularni so‘nggi avlod iPhone qurilmalarining eng mashhuri - 32 Gb'li iPhone 7 qiymatiga bo‘lib chiqdi.

Ukrainaning Moliya vazirligi portali ma'lumotlariga ko‘ra, mamlakatda sentabr oyi uchun mintaqalar bo‘yicha o‘rtacha ish haqi 2 458 grivenni tashkil qilgan. Yangi iPhone 7 qurilmasi esa 23 ming grivenga baholanadi. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, zamonaviy Apple smartfonini xarid qilish uchun ukrainalik kamida to‘rtta maoshini yig‘ishiga to‘g‘ri keladi. Bir maosh = 0,23 iPhone.

Xuddi shu davrda Belarusdagi o‘rtacha ish haqi Myfin.by portaliga ko‘ra, 732,9 belarus rubliga teng. Apple'ning rasmiy distribyutori esa fuqarolardan 1 939 belarus rublini talab qiladi. Bu - 32 Gb'li iPhone 7 qiymati Belarusdagi o‘rtacha ish haqining ikki yarimtasidan ko‘prog‘iga teng. Bir maosh = 0,37 iPhone.

Qozog‘iston aholisi 143,6 ming tenge o‘rtacha ish haqi oladi - ranking.kz portali ma'lumotiga ko‘ra, mintaqadagi o‘rtacha ish haqi aynan shunday. Bu yerda iPhone 7 qurilmasini 308 900 tengega sotib olish mumkin. Oddiy ishchi bunday smartfon bilan maqtanishi uchun taxminan ikkita maoshini yig‘ishi kerak bo‘ladi. Bir maosh = 0,46 iPhone.

ROSSTAT va RF MB ma'lumotlariga ko‘ra, Rossiyada sentabr oyi uchun o‘rtacha ish haqi 36 115 rublni tashkil qilgan. Rasmiylar esa iPhone 7 qurilmasini 57 ming rubldan taklif etishmoqda. Shunday ekan, rossiyaliklar "olma" qurilmasida ijtimoiy tarmoqlarni sahifalab chiqishlari uchun taxminan bir yarim o‘rtacha ish haqi talab qilinar ekan. Bir maosh = 0,63 iPhone.

Demak, Apple qurilmasini ko‘rib chiqdik. Unga ko‘ra, iPhone 7 smartfoni Ukrainada eng qimmat, Rossiyada esa eng arzon ekanligi ma'lum bo‘ldi. 

O‘zbekistonning terabayt.uz saytida ma'lum qilinishicha, poytaxtimizning “Malika” savdo markazida Apple kompaniyasi mahsuloti bo‘lgan 32 Gb'li iPhone 7 qurilmasining o‘rtacha narxi – 5 million 658 ming so‘m. 

Samsung Galaxy S7 Edge

Foto: GSMarena.com

Ukraina

Janubiy Koreyaning botiq displeyli flagman smartfonini yirik internet-do‘konlardan 58 ming rublga xarid qilish mumkin. Ukrainalik sotuvchilar unga Apple kompaniyasi mahsuloti kabi narx belgilashgan. Biroq ikkilamchi bozor takliflari xaridorlarga ko‘proq ma'qul keladi: olx.ua e'lonlar saytida ishlatilgan, lekin yaxshi saqlangan 32 Gb'li Galaxy S7 Edge smartfonini hattoki 35 ming rublga sotib olish mumkin. 

Rossiya

Rossiya do‘konlari Samsung flagmaniga har xil narxlar belgilashgan. Masalan, "M.Video" va MediaMarkt'da qurilma 60 ming rublga sotilmoqda,  "Eldorado"da esa xuddi shunday devaysni 55 ming rublga xarid qilish mumkin. "Avito"da esa bu qurilmani ancha past narxda - hatto 24 ming rublga topishning iloji bor. 

O‘zbekiston

O‘zbekistonda Samsung Galaxy S7 Edge qurilmasini 4 million 200 ming so‘mga Toshkent shahrining “Malika” savdo markazidan xarid qilish mumkin. 

Sony Xperia XZ

Foto: GSMarena.com

Ukraina

Yaponiyaning Sony Xperia XZ nomli mo‘'jizasi haqidagi ma'lumotlar aftidan ukrainalik foydalanuvchilarga yaxshi yetib bormagan. Qurilma atigi bir necha magazindagina o‘rtacha 48 ming rublga sotiladi. “Avito” mahalliy bo‘limida devaysni hattoki 31 ming rubldan topish mumkin. 

Rossiya

Rossiyalik sotuvchilar so‘nggi yapon flagmaniga u qadar hamyonbop belgilashmagan. 64 Gb’li Xperia XZ "Svyaznoy" va MediaMarkt’da 50 ming rublga tushadi. "Eldorado"da smartfon 51 ming rubldan sotilmoqda. E'lonlar saytida atigi ikkitagina shunday telefon topilgan, qurilmalarning eng arzoni 38 ming rubldan sotilmoqda. 

O‘zbekiston

Mamlakatimizda Sony Xperia smartfonlari 2 million 516 ming – 2 million 924 ming so‘mdan taklif qilinmoqda. 

LG G5

Foto: GSMarena.com

Ukraina

LG G5 modul smartfonining oltin versiyasi butun dunyo bo‘ylab kutilganidek muvaffaqiyatga erisha olmadi. Bu smartfonni allo.ua va repka.ua do‘konlarida 40 ming rubldan biroz ortiqroq narxga sotib olish mumkin. Janubiy Koreya smartfoni comfy.ua saytida ham xuddi shunday bahoga ega bo‘ldi. 

Rossiya

Mahalliy riteylerlar narxlari ancha erkin. Masalan, "Svyaznoy"da gadjyet atigi 30 ming rublga sotiladi, "Pleyer.ru" do‘konida esa bu qurilma ming so‘mga qimmatroq. Boshqa yirik do‘konlar hozircha LG G5 smartfonini taklif qilishmayapti. "Avito"da modul smartfonni 24-25 ming rubldan topish mumkin. 

O‘zbekiston

Janubiy Koreya ishlab chiqaruvchisining LG G5 smartfoni Toshkent shahrining savdo markazlarida taxminan 3 million 400 ming so‘mga sotilmoqda. 

ASUS Zenfone 3

Foto: GSMarena.com

Ukraina

Sentyabr oyi o‘rtasida namoyish qilingan Tayvanning ASUS Zenfone 3 qurilmasi Ukrainaning barcha yirik savdo maydonlarida deyarli bir xil narxda sotiladi. allo.ua, rozetka.com.ua, repka.ua va comfy.ua do‘konlarida devays 25,3 ming rublga sotiladi. Ikkilamchi bozorda eng arzon modelni 20 ming rublga xarid qilish mumkin. 

Rossiya

"Svyaznoy" va "Texnosil"da ASUS Zenfone 3 24 ming rublga taklif etilmoqda, biroq "Pleyer.ru" do‘konida yangi devaysni atigi 20,2 ming rublga sotib olish mumkin. E'lonlar saytida rossiyalik foydalanuvchilar ishlatilgan “zenfonlar”ga 17 ming rubl va undan yuqori narx belgilashgan. 

Xiaomi Redmi 3S

Foto: GSMarena.com

Ukraina

Xitoylik ishlab chiqaruvchi qurilmasi allo.ua saytida 8,6 ming rublga sotiladi. repka.ua do‘koni Redmi 3S’ni 200 rublga qimmatroq sotmoqda. olx.ua e'lonlar saytida yaxshi holatdagi smartfonni atigi 6 ming rublga xarid qilish mumkin. 

Rossiya

Rossiya chakana savdosida Xitoy smartfonlari ancha qimmat narxda sotiladi. Masalan, "Svyaznoy" va "M.Video"da qurilmani 13 ming rublga xarid qilish mumkin. Ikkilamchi bozorda tafovut u qadar katta emas: odamlar ishlatilgan smartfonni 7 ming rublga taklif qilishmoqda. 

Apple iPhone 5s

Foto: GSMarena.com

Ukraina

16 Gb’li iPhone 5s hali-hanuz foydalanuvchilar orasida keng qo‘llanmoqda, shu bois uni deyarli har bir do‘kondan topish mumkin. rozetka.ua, repka.ua va comfy.ua do‘konlari smartfonni xaridorlarga 25,3 ming rubldan sotishmoqda. Ishlatilgan iPhone 5s qurilmasini esa atigi 12 ming rublga xarid qilish mumkin. 

Rossiya

Mahalliy yirik do‘konlar iPhone’ning eskirgan modeliga qancha “kamtar” narxlar belgilashgan: "Svyaznoy", "Eldorado" va "M.Video"da “olma” devaysini 21 ming rublga xarid qilish mumkin. Ikkilamchi bozorda esa – hattoki 11 ming rubldan ham topiladi. 

O‘zbekiston 

Yurtimizda ham Apple iPhone 5S (16 Gb) smartfoniga bo‘lgan talab ancha katta. Uning “Malika” savdo rastalaridagi bahosi – 2 million 380 ming so‘mni tashkil qilmoqda. 

Top