Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Milliy chempionatlar bo‘yicha ramziy terma jamoa tuzildi: Ro‘yxatda Ronaldu ham bor
Yevropa sport nashrlari assotsiatsiyasi (ESM) milliy chempionatlar bo‘yicha noyabr oyining ramziy terma jamoasini tuzdi. Uzoq vaqtdan buyon bu terma jamoada "Real" jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu paydo bo‘ldi.
An'anaviy ravishda ELF Voetbal (Niderlandiya), Fanatik (Turkiya), Goal News (Gretsiya), A Bola (Portugaliya), Frankfurter Allgemeine (Germaniya), Marca (Ispaniya), Tipsbladet (Daniya), Nemzeti Sport (Vengriya), De Telegraaf (Niderlandiya), Kicker (Germaniya), World Soccer (Angliya), So Foot (Fransiya) va Rossiyaning “Sport-Ekspress” nashri ESM so‘rovnomasida ishtirok etgan.
Noyabr oyi ramziy terma jamoasiga quyidagi futbolchilar kirgan (4-3-3): Kurtua ("Chelsi", 8 ovoz); Sidibe ("Monako", 4), Varan ("Real", 4), David Luiz ("Chelsi", 4), Marselu ("Real", 4); Forsberg ("Leyptsig", 8), Filippe Koutino ("Liverpul", 6), Suso ("Milan", 4); Krishtianu Ronaldu ("Real", 10), Kavani ("PSJ", 6), Djyeko ("Roma", 5).

Mavzuga oid
08:17 / 01.06.2026
Elektr energiyasiga talab oshib bormoqda: dunyo reytingi taqdim etildi
08:05 / 15.05.2026
Dunyodagi eng yirik portlar reytingi e’lon qilindi
08:17 / 11.05.2026
Mis zaxiralari qaysi davlatlarda to‘plangan? Jahon reytingi
08:38 / 22.04.2026