Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryoda kasaba uyushmalari tadbirlarida aholining saylov qonunchiligi borasida bilimlari oshirildi
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2016 yil 7 oktabrdagi 748-sonli qarori bilan tasdiqlangan Dastur asosida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24 yilligi munosabati bilan viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi Kengashi, uning tarmoqlari, shahar-tuman kengashlari hamda tashkilotlardagi boshlang‘ich kasaba uyushmalari qo‘mitalari tomonidan o‘tkazilgan ma'naviyat soatlarida saylov qonunchiligiga oid hamda “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – mamlakat taraqqiyoti va jamiyat farovonligining huquqiy kafolati” kabi mavzularda ma'ruzalar qilinmoqda. Jumladan, noyabr oyining uchinchi o‘n kunligi mobaynida birlashma tasarrufidagi tashkilot, korxona va muassasalarda jami 232 marotaba mavzuga oid ma'naviyat soatlari hamda seminarlar o‘tkazildi.
Ushbu tadbirlarda ishchi-xodimlar hamda uyushmagan aholining saylov qonunchiligi borasida bilimlari oshirildi, huquqiy madaniyatini shakllantirishga ko‘maklashildi.
Shunday davra suhbatlari va seminarlar Guliston shahar hokimligida Markaziy bankning viloyat filialida, viloyat Fermerlar kengashi hamda viloyat Shoshilinch tez tibbiy yordam markazida, Yangiyer shahar markaziy shifoxonasi hamda musiqa maktabida, “Sirdaryo IES” OAJ hamda Shirin shahar musiqa maktablarida qizg‘in o‘tdi.
Ushbu tadbirlarda asosiy mavzu bo‘yicha ma'ruzachi viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi Kengashi raisi Kamoliddin Oqbo‘tayev ishtirokchilarga saylov qonunchiligi va saylovchilar huquqlari to‘g‘risida batafsil ma'lumotlar berdi.
Faqatgina Guliston shahrining o‘zida bir kunda 3ta mehnat jamoasida saylov qonunchiligi targ‘ibotiga bag‘ishlangan tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Guliston shahar san'at kasb-hunar kollejida, viloyat Ma'naviyat va ma'rifat markazida, “Gulrenteks” O‘zbekiston-Buyuk Britaniya qo‘shma korxonasida ming nafardan ziyod ishchi-xodimlar ishtirok etdi. Ular “Shaxsan o‘zim ovoz beraman!”, “Bizning oilamizda xar birimiz o‘z ovozimizga egamiz!” va “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – mamlakat taraqqiyoti va jamiyat farovonligining huquqiy kafolati” mavzularida ma'ruzalar tinglashdi va o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.
– Shuni alohida ta'kidlash lozimki, bugun kasaba uyushmasi a'zolari har qachongidan-da faol, – deydi K. Oqbo‘tayev muxbir bilan suhbatda. – Birlashmamiz bo‘limlari hodimlari, tarmoqlar Respublika Kengashlarining mas'ul tashkilotchilari va tuman, shahar Kengashlari faollari tomonidan hududlardagi har bir korxona, tashkilot va muassasalarda tadbirlar o‘tkazilib, Saylov qonunchiligi va Konstitutsiyaga bu borada kiritilgan o‘zgartishlar, saylovchilarning huquq va mas'uliyatlari mavzularida ishchi-xodimlarning bilimlari oshirilmoqda.
– Viloyatdagi elektrtarmoqlari korxonalarida ham targ‘ibot-tashviqot ishlari qizg‘in olib borilmoqda, deydi “Sirdaryo XETK” AJ boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Shavkat Mirzabekov. – Xususan korxonamizda o‘tkazilgan 3 ta saylov qonunchiligiga bag‘ishlangan tadbirda 600 nafardan oshiq xodimlarimiz qamrab olindi, ushbu tadbirlarda viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi Kengashi raisi K.Oqbo‘tayev hamda viloyat adliya boshqarmasidan mutaxassislar ishtirok etib, ishtirokchilarning bu boradagi bilim va ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam berdilar.
– Sayxunobod tumanidagi Agrosanoat majmui xodimlari va Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmalari tasarrufidagi 10dan oshiq tashkilot-korxonalarda qariyb uch ming nafar saylovchiga saylov qonunchiligi va saylovchilarning konstitutsion huquqlari haqida tushunchalar berdik, shuni alohida ta'kidlash lozimki, bugungi saylovchilar o‘tgan yillardagidan keskin farq qiladi, ular saylovlarda shaxsan ishtirok etib, o‘z fuqarolik pozitsiyasini bildirish niyatidalar, – deydi Kamoliddin Oqbo‘tayev.
Shu bilan birga, viloyatimizning chekka hududlari aholisi ham e'tibordan chetda qolishgani yo‘q, xususan, Xovos tumani “Gulbahor” qishloq xo‘jalik kasb-hunar kolleji o‘qituvchi-xodimlari, “Farhod-5” mahallasida istiqomat qiluvchi uyushmagan aholisi o‘rtasida, Xovos transport kasb-hunar kolleji va Mehnatobod musiqa va san'at maktabida yuqoridagi mavzularda seminar-uchrashuvlar o‘tkazildi. Ushbu tadbirlarda minglab ishchi-xodimlar, uyushmagan aholi ishtirok etishdi. Tadbirlarda, ayniqsa, bu yil birinchi bor saylovlarda ishtirok etayotgan yosh yigit-qizlarga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Bunday targ‘ibot-tashviqot tadbirlari hali davom etmoqda.
Zebo Haydarova
Mavzuga oid
19:28 / 20.06.2026
Sirdaryoda tanishining pulini qalbaki dollarga almashtirib qo‘ygan ayol ushlandi
22:59 / 05.05.2026
"Singlimni xo‘rlashgan": Sirdaryodagi mudhish qotillik haqida reportaj
19:28 / 01.05.2026
Sirdaryoda qotillikda gumonlanayotgan ayol qamoqqa olindi
14:14 / 23.03.2026