Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi uylardan biri oldida yangi tug‘ilgan chaqaloq tashlab ketildi
Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi Do‘stlik mavzesining ko‘p qavatli uylaridan biri oldida tashlab ketilgan chaqaloq topildi. Bu haqda «Novosti Uzbekistana» xabar bermoqda.
29 noyabr kuni mavzeda yashovchi aholi bola solingan sumkani payqab qolishgan va mahalla rasmiylari ishtirokida uning ichini ochishganida, tug‘ilganiga bir hafta ham bo‘lmagan chaqaloqqa guvoh bo‘lishgan.

Uchastka noziri va tez yordam mashinasi chaqirilgan. Voqea joyiga tuman IIB va prokuratura vakillari ham yetib kelgan. Go‘dak 5-shahar klinik shifoxonasiga ko‘rik uchun yetkazilgan. Bola mutlaqo sog‘lom bo‘lib chiqqan.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, ayol bolani tug‘ruqxonada emas, balki boshqa biror yerda dunyoga keltirgan. Go‘dakning biologik onasi hali ham topilgan emas.

Mavzuga oid
20:06 / 10.06.2026
Prezident huzurida Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati va rejalari ko‘rib chiqildi
16:55 / 09.06.2026
Biznes-ombudsman Toshkentdagi reklamalarni buzishda qonuniy yo‘l tutishga chaqirdi
10:25 / 09.06.2026
Toshkentda eng ko‘p aholi savdo sohasida band
11:40 / 08.06.2026